Aziz G'aniev 16 yoshda “Nasaf” tarkibida debyut qildi
29 may 2014 11:28
Yangiliklar
Aziz G'aniev 16 yoshda “Nasaf” tarkibida debyut qildi
“Nasaf” futbol maktabi tarbiyalanuvchisi yarim himoyachi Aziz G'aniev 16 yoshida “Nasaf” asosiy tarkibida maydonga tushdi.
Kuni kecha O'zbekiston kubogi nimchorak finalida “Andijon”ga qarshi bellashuvda joriy yilning fevral oyida 16 yoshni qarshi olgan Aziz o'yinning 55-daqiqasida Farruh Sayfiev o'rniga maydonga tushirildi. Umuman mazkur bellashuvda “Nasaf” tarkibida bir yo'la to'rt nafar futbol maktabimiz tarbiyalanuvchilari harakat qildi. Odiljon Hamrobekov (18 yosh) 90 daqiqa maydonda harakat qilgan bo'lsa, Doniyor Narzullaev (19 yosh), Najmiddin Normurodov(19 yosh) va Aziz G'aniev ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushirildi.
Fikrlar