So’nggi yangiliklar

00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  0 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  1 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  72 21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  3 21:29Ислом Исмоилов: "Москвада маҳаллий клублар билан назорат учрашувлари ўтказамиз"  6 21:01Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов хотира турнирига тайёргарликни давом эттирмоқда  2 20:25Ламин Ямал янги мавсум 10-рақамда ўйнашига ишора қилди(ми?)  1 19:48Иброҳим Йўлдошев - ОКМК футболчиси  2 19:14Суперлига. Биринчи давранинг эътиборга молик 5 воқеаси   6 19:12ЖЧ2026да 4 та танаффус бўлиши мумкин  7 19:00МЮ "Брайтон" ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда. "Милан" ҳам ушбу футболчи борасида маълумот йиғяпти  0 18:33Машарипов кичик жароҳат олди  1

Aziz Amonov: "Terma jamoaga chaqirilganimni o'yindan oldin tushlikda eshitdim" Yangiliklar

Aziz Amonov: "Terma jamoaga chaqirilganimni o'yindan oldin tushlikda eshitdim"

Toshkentning "Lokomotiv" klubi Superliganing 21-turida Bekobodda "Metallurg"ni taslim qildi (2:1).

Ushbu uchrashuvda "temiryo'lchilar"ning g'alaba to'piga Aziz Amonov mualliflik qildi. Biz esa mazkur bahsdan so'ng bahs qahramonining fikrlari bilan qiziqdik. 

- "Lokomotiv" uchun "Metallurg" noqulay raqib hisoblanadi. Buni so'nggi uch yildagi natijalar ham aytib turibdi. SHunday ekan o'yin qanday o'tdi?

- Uchrashuv yuqori tempda o'tdi, desam mubolag'a bo'lmaydi. Ikki jamoa ham hujumkor o'yin ko'rsatdi. "Metallurg"ni 3 yildan beri mag'lubiyatga uchrata olmayotgan edik. Mana shu qora ananani yo'qotish uchun ham yigitlar ikki hissa kuch bilan o'ynadi. Buni uddalaganimizdan xursandman. Oldinlari so'nggi daqiqalarda gol o'tkazib yakunda alamli mag'lubiyatga uchrayotgandik. Mashg'ulotlarda ushbu kamchilik ustida ishladik. Xudoga shukur hozirda buning aksi kuzatilmoqda. 

- Jamoa oxirgi bahslarda ko'p penalti tepmoqda. Bu jamoaning hujumkor va kombinacion futbol ko'rsatayotganligidami? Odatda raqib jarima maydonchasi ichida to'pni yaxshi nazorat qiladigan jamoalarda bunday holat ko'p kuzatiladi...

- Biz doim muxlislarga yoqadigan hujumkor futbol ko'rsatamiz. O'yinimiz ko'pchilikka yoqmoqda. Ishlashdan to'xtamaymiz. 

- Mavsum boshidagi harakatlardan klub joriy yilda sovrinli o'rinlar uchun kurashishi kutilgandi. Lekin murabbiyning uslubiga ko'nikish biroz vaqt olgani bois natijalar ham ijobiy ko'rinish olmadi va ko'p ochkolar yo'qotildi. Ayni paytda jamoa o'yin jihatdan o'sishga erishdi. Bu keyingi yil yuqori o'rinlarni egallashga ishonch beradimi?

- Klubda yaxshi saviyadagi murabbiylar faoliyat olib bormoqda. Bu harakatlar o'z samarasini bermoqda. O'yinimiz shakllanyapti. Yangi murabbiy, yangi futbolchilar bilan birinchi yil ishlashimiz. Biroz qiynalganimiz bois ko'p ochkolarni yo'qotdik. Oxirigacha kurashamiz. Keyingi yil nima bo'lishini rahbariyat hal qiladi. 

- "Metallurg" bilan o'yindan so'ng O'zbekiston milliy terma jamoasining galdagi yig'iniga chaqirilganingiz haqida xabar chiqdi. Terma jamoadan taklif olganingizni qachon bildingiz?

- Terma jamoaga chaqirilganimni uchrashuvdan oldin tushlikda bildim. "Metallurg" darvozasiga urgan gollarimni ustoz va murabbiylarimga bag'ishlayman. Ularga mehnatlari uchun minnatdorchilik bildiraman. 

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика