So’nggi yangiliklar

09:37МЮ Виктор Гёкерешни қўлдан чиқарганидан сўнг Германиядан ҳужумчи олиб келмоқчи  0 09:11Виктор Гёкереш АПЛнинг бошқа жамоаси сабабли МЮнинг таклифини қабул қилмади  4 08:44Суперлига. Бугун 12-тур якунланади  3 08:17"Бунёдкор" ва "Пахтакор" ўртасида бўлиб ўтган Тошкент дербисидан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:00Суперлига. "Қизилқум" - "Сўғдиёна" ва ОКМК – "Шўртан" ўйинларида мухлислар гол кўришмади. "Бунёдкор" ва "Пахтакор" ўйинида эса иккита гол урилди  0 07:51“Рома“ асосий ҳужумчисини сотувга қўяди  6 07:17Янги форматдаги клублар ўртасидаги ЖЧ старт олди. Илк баҳсда "Интер Майами" Миср жамосига қарши баҳс олиб борди  5 04:07Элдор Мойлиев: "Устунлик рақибда, омад эса биз томонда бўлди"  1 03:41Илёс Зейтуллаев: "Бугун "Пахтакор"дек жамоага қарши ўйнадик, Качори бир метрдан гол урганда, ҳисоб 2:0 бўларди"  1 00:09Миржалол Қосимов: "Бугунги ўйинга баҳо – 2"  5 23:20ЦСКАнинг янги бош мураббийи маълум  2 22:52Ильгиз Танташев бошчилигидаги ҳакамлар бригадаси "Боруссия" иштирокидаги ўйинни бошқаради  4 22:34Камолиддин Тожиев: "Бугун бутун мавсумга етадиган вазият яратдик, тўп дарвозага киришни истамади"  20 22:04Иммобиле А Серияга қайтадими?  2 22:04Суперлига. "Қизилқум" "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади, жиззахликлар баҳсни 10 киши бўлиб тугатишди  7

Azim Ahmedov: "Tribunadan men tomon yangrayotgan turli so'zlar o'yin payti ruhan tasir qiladi" Yangiliklar

Azim Ahmedov: "Tribunadan men tomon yangrayotgan turli so'zlar o'yin payti ruhan tasir qiladi"

"Paxtakor"ning "Metallurg"ga qarshi o'yinida eng yaxshi futbolchi deb topilgan Azim Ahmedov kecha uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin qiyin o'tdi. Uchrashuvga ko'rilgan yaxshi tayyorgarlik samarasi o'laroq g'alaba qozondik. Murabbiylarimizning tanlagan taktikasi ish berdi. SHuningdek, bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga rahmat aytaman. Ularning daldasisiz g'alaba qozonish qiyin ish. Keyingi uchrashuvlarda ham g'alaba qozonib muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz.

- Azim, tribunadan ayrim muxlislarning sizning manzilingizga bo'ladigan turlicha so'zlari eshitilib turadi. Bu sizga o'yin davomida qanchalik tasir qiladi?
- Bu albatta futbolchiga ruhan tasir qiladi. Butun o'yin davomida o'sha menga baqirayotgan muxlislarni so'zlari uchrashuvga bo'lgan konsentraciyani ushlashda halaqit beradi. Istaysizmi-yo'qmi, hayolingiz o'sha tomonga ketib qolaveradi. Buning natijasida esa asab buziladi va oddiy vaziyatlarda to'pni yo'qotib qo'yish kabi texnik xatolar vujudga keladi. Har bir futbolchi uchun bu yoqimsiz holat. Ammo qo'ldan kelgancha yaxshi o'ynashga va o'yin davomida bularga etibor bermaslikka harakat qilyapman.

Reyting: -43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика