So’nggi yangiliklar

20:15Суперлига. "Динамо" - "Сурхон" (матнли трансляция)  2 20:00Суперлига. "Нефтчи" "Андижон" майдонидаги водий дербисида устун келди  64 19:54"Реал"нинг азалий рақиби Лунин учун 25 млн евро беришга тайёр  0 19:27"Ньюкасл" "Бавария" юлдузига қизиқмоқда  0 18:56Рюдигер "Челси"га қайтиши мумкин  0 18:28Максим Шацких "Андижон" – "Нефтчи" учрашувига келди  13 18:06Осиё жамоалари Жаҳон чемпионатини тарк этди  1 17:38Расман: Хаби Алонсо "Байер"дан кетаётганини эълон қилди  28 17:24АПЛда апрель ойининг энг яхши мураббийи эълон қилинди  0 16:49АПЛда апрель ойининг энг яхши футболчиси аниқланди  0 16:26Ўзбекистон Кубоги. 3-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  0 16:02Суперлига. 9-тур дисквалификациялари: ОКМК, "Пахтакор" ва "Навбаҳор" 1 нафардан йўқотишга эга   2 15:42Лени Йоро "Манчестер Юнайтед"га ўтганидан афсусда  8 15:13Малуда "Челси"га Осимхенни трансфер қилишни маслаҳат берди  0 14:44"Барселона" ярим ҳимоячисини сотишга тайёр  3

Azarning goli tufayli "CHelsi" MYUni mag'lub etdi. Yangiliklar

Azarning goli tufayli "CHelsi" MYUni mag'lub etdi.

"CHelsi" va "Manchester Yunayted" o'rtasidagi uchrashuvi yakunlandi.

"CHelsi" - "Manchester Yunayted" 1:0

Gol: Azar 38.

"CHelsi" – Kurtua, Zuma, Keyxill, Terri, Aspilikueta, Fabregas, Matich, Ivanovich, Oskar, Azar, Drogba.
"Manchester Yunayted" – De Xea, Makneyr, Smolling, SHou, Fellayni, Errera, Valensiya, Yang, Mata, Falkao, Runi


UCHRASHUV YAKUNLANDI


90+4. PENALTIII!!!! YO'O'QQ!!! Errera atayin yiqilish uchun sabab qidirgan ekan va haqli ravishda sariq kartochka oldi.


90+4. So'nggi soniyalar o'tib bormoqda va to'p bilan MYU futbolchilari.


90+3. Azar o'rniga Villian.


90+2. O'zgarish. Fabregas o'rniga Mikel.

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.


86. Eng hayajonli 5 daqiqa boshlandi.


Ser Aleks Fergyuson



83. MYU qanotlardan hujum uyushtirishga harakat qilmoqda. Ammo hozircha befoyda.


80. O'zgarish. SHou o'rniga Blekett.


77. FALKAO!!!! Falkao chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga kirib, chap oyog'i bilan zarba berdi va yana o'sha omadsiz (omadli) chap ustun gol bo'lishiga yo'l qo'ymadi.


Mehribon "CHelsi" muxlislari



Mana o'sha ustun


70. O'zgarishlar. Yang o'rniga di Mariya. Mata o'rniga Yanuzay.


68. O'zgarish. Oskar o'rniga Ramires.


67. FALKAOOOOO!!!! Radamel uzoq masofadan Kurtua darvozasiga zarba berdi. Kolumbiyalik bir necha santimetrlarga adashdi.


65. Fellayni SHou chap qanotdan etkazib bergan to'pni gavdasi bilan to'xtatib Runiga tashlab berdi. Ueynning zarbasiga himoyachilar to'sqinlik qildi. Burchak to'pidan esa "qizil iblislar" unumli foydalana olmadi.


63. Sariq kartochka. Oskar ogohlantirildi.


61. PEDDI MakNEYR!!! Uning zarbasini qiyinchilik bilan Kurtua qaytarib qoldi.



58. Standartdan foyda chiqmadi.


57. Sariq kartochka. Ivanovich o'z jarima maydonchasi yonginasida SHouni to'xtatib qoldi. Darvozaning chap tarafida jarima zarbasi. To'p qarshisida Mata va Yang.


54. Drogba bir himoyachi qarshisida edi. U himoyachini gavdasi bilan to'sib darvoza tomon zarba berdi, to'p himoyachining oyog'iga tegib de Xea ustidan oshib o'tdi va ustunga tegdi. Orqaroqda kelayotgan "ko'klar" futbolchisining bergan zarbasi ham xuddi o'sha ustunga tegdi. Bu ustun omadlimi yoki omadsiz?


54. Drogbaning qo'polliklar soni oshib ketdi va sap-sariq kartochkali bo'lib oldi.


52. "Ko'klar"ning qarshi hujumi gol bilan emas, burchak to'pi bilan yakunlandi.


Juda manoli va chiroyli surat



50. SHou Oskarga nisbatan qoida buzdi.


46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Joze Mourino va uning ajoyib bo'yinbog'i




"CHelsi" va Azar muxlislari uchun mahsus sovg'a



Tanaffusda zerikmasdan Angliya chempionatining turnir jadvalini ko'zdan kechirib turishingiz mumkin.


Birinchi bo'lim yakunlandi.

Janob de Xea jarima maydonchasi tashqarisida qo'l bilan o'ynash mumkin emas



45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.


41. Angliya chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisi uchun nomzodlar bahsida hozircha Azar ustun kelmoqda.


Sesk-Oskar-Azar kombinaciyasi gol bilan yakunlandi. Juda chiroyli hujum va ajoyib gol. Azarning chap oyog'i bilan bergan zarbasini de Xea qaytara olmadi.

38. GOOOOOOLLL!!! AZARRRR!!!


34. Ivanovich maydon markazida ikkinchi qavatda to'p uchun kurashda jarohat oldi, ammo to'p "ko'klar"daligi bois hakam xushtak chalmadi. Buning ustiga de Xea jarima maydoni tashqarisida to'pga qo'li tekkan ekan.


Niqobli sehrgar



29. Falkao o'z jarima maydonchasi yaqinida Azarga nisbatan qoida buzdi. Jarima zarbasi jonli devorga tegdi.


28. Sesk Fabregas boshining orqasida ham ko'z borga o'xshaydi. Uning orqaga qaramay bergan to'p oshirmalari juda chiroyli chiqyapti.


26. "CHelsi" qarshi hujumda raqibni "qarmoqqa ilintirmoqchi".


25. Bugun muxlislar safida Andrey SHevchenko ham bor. 


Mana shu vaziyatda to'p maydonni tark etishni istamadi


22. "Manchester Yunayted" muxlislari "Joze Mourino, sen ish izla" deya kuylashmoqda.


Mana o'sha nishonlash


19. To'pga egalik qilish foizlarda: 33% - 67%


15. Ander Errera bugun juda faol. Meksikalik so'nggi uchrashuvlarning deyarli har birida o'zini ko'rsatyapti.


14. Hozircha "qizil iblislar" londonliklardan yaxshi ko'rinishmoqda.


13. Kechagina Runi bilan golf o'ynab yurgan Peddi MakNeyr darvozaga xavfli zarba berdi. To'p yo'l-yo'lakay raqib futbolchisiga tegib maydonni tark etdi. Burchak to'pi.


12. Hozircha MYU to'pga ko'proq egalik qilyapti. Ular raqib maydonida qo'rqmay harakatlanishmoqda.


9. To'p maydonni tark etgan Ivanovich bunga erisha olmadi. To'p chiqiz ustida to'xtab qoldi. Maydondan chiqishni istamagan to'p yana o'yinga qaytdi. Juda qiziqi vaziyat.


8. Sesk burchak to'pi ishlab oldi. Standartdan etkazib berilgan to'pga Drogba zarba berdi. NOANIQ.


7. "Stemford Brij"da inglizcha futbol boshlandi. Turtilishlar, qoidabuzarliklar va bularning bariga hakam indamaydi.


4. GOOOOOLL!!!! De Xea golni nishonlayapti!!! Yo'q, afsuski Runing zarbasi darvoza to'riga orqa tomondan tekkan ekan. Juda qiziq, David de Xea ham xuddi men kabi bu vaziyatni gol deb o'yladi.


3. O'yin kurashlarga boy boshlandi. Har ikki jamoa ham maydonning har bir santimetri uchun bahs olib bormoqda.


1. Uchrashuv boshlandi.


- Ikkala jamoa tarkiblari aniq. "Stemford Brij" muxlislar bilan liq-to'la.


- Assalomu alaykum qadrli saytimiz o'quvchilari, futbol muxlislari. Bugun Angliya chempionatining markaziy uchrashuvi, "CHelsi" - "Manchester Yunayted" bahsini siz bilan birga kuzatib boramiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика