So’nggi yangiliklar

00:50Суперлига. "Пахтакор" йирик, "Насаф" ишончли, "Машъал" эса минимал ҳисобда ғалаба қозонди  0 00:10"Бавария" Бундеслиганинг охирги ўринларида бораётган жамоа устидан йирик ғалабани қўлга киритди  0 00:03Виталий Левченко: "Рақиб бизни мағлуб этгани йўқ, биз ўзимиз ўйинни ютқазиб қўйдик..."  6 23:54А Серия. "Рома" ўз уйида "Верона"ни қабул қилмоқда, Шомуродов илк дақиқаларданоқ гол урди! (онлайн ҳисоб)  23 23:30Рўзиқул Бердиев: "Ғалабага муносиб ўйин кўрсатдик, Черанга ишонишда давом этамиз"  1 23:27"Лас-Палмас" — "Атлетико". Альварес асосий таркибда, Гризманн захирада  0 23:23Педру Морейра: "Мендан хафа бўлмайсизлар, бугунги саволларингизга жавоб бера олмайман"  7 22:17Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Нефтчи"ни тор-мор этди  223 21:40"Ливерпуль" Дарвин Нуньес бўйича қарор қабул қилди  5 21:19Ла Лига. "Барселона" еттита гол урилган ўйинда камбэк эвазига "Сельта"ни мағлуб этди  138 21:08Бердиевнинг захира кучлари иш берди. "Бухоро" - "Насаф" 1:3  43 20:54АПЛ. "Ман Сити" О'Райли ва Ковачичнинг голлари эвазига "Эвертон"ни мағлуб этди, Ҳусанов захирада қолдирилди  65 20:31"Барселона" ПСЖ юлдузини нишонга олди  30 20:01U-17 Осиё Кубоги финал учрашувининг ҳакамлари маълум  18 20:01Суперлига. "Воҳа дербиси" "Машъал" фойдасига ҳал бўлди  7

Azar yana tabassum qilmoqda: CHLda 650 kun ichidagi ilk gol (5 yil ichida ilk bor o'yindan) Yangiliklar

Azar yana tabassum qilmoqda: CHLda 650 kun ichidagi ilk gol (5 yil ichida ilk bor o'yindan)

Benzemaning jarohatidan so'ng yangi imkoniyat.

"Real" CHL guruh bosqich ilk turida "Seltik"ni mag'lub etdi — 3:0. Madridliklar safida Vinisius, Luka Modrich va ... Eden Azar gol urishdi! Ha-ha, u hali ham "Real"da.


Azar 5 yil davomida CHLda o'yindan gol urmadi. Ammo, xursandchilikni Benzemaning jarohati buzadi


Azar doimiy ravishda o'yinni zaxiradan boshladi (u so'nggi bor "Real" asosiy tarkibida yanvarda maydonga tushgan). Ammo, Eden birinchi bo'limdayoq shoshilinch tarzda maydonga tushdi — Karim Benzema 30-daqiqada tizzasidan jarohat oldi.


Azar imkoniyatdan foydalandi va gol urdi — 77-daqiqada hisob "Real" foydasiga 2:0 bo'lib turgan paytda.


Uzoq davom etgan hujumdan so'ng jarima maydonchasi ichiga uzatma amalga oshirildi — Karvaxal samarali tarzda uni markazga tashladi, Azar deyarli bo'sh darvozaga gol urishda xato qilmadi.



Bu Edenning o'yindagi yagona samarali harakati emas: u Vinisius gol urgan va Modrich assist qayd etgan hujumda assist oldi pasini berdi. O'sha Azar!


• Belgiyalik CHLda so'nggi 5 yilda o'yindan gol urmagandi. So'nggi gol 2017 yilda "CHelsi" safida "Roma"ga qarshi 3:3 hisobida tugagan o'yinda sodir bo'lgan. Eden o'shanda Antonio Konte qo'l ostida "CHelsi"da o'ynagan.


Azar CHLda yana 2020 yilda gol urdi va endi "Real" safida, ammo penaltidan — "Inter" bilan o'yinda 11 metrlik zarbani aniq amalga oshirgandi.


• Azar golidan oldin "Real" futbolchilari 33ta pas amalga oshirishdi. Bu "Real"ning zamonaviy CHL tarixidagi eng uzun golli hujumidir (statistika 2003/04 yildan beri olib boriladi, "Real" bu vaqt davomida 434ta gol urgan).


• Umuman Azar gollarga juda ham ziqna — u "Real" safida so'nggi bor "Elche"ga qarshi kubok o'yinida yanvardagi o'yinda gol urgan.


• Belgiyalik La Ligada 2020/21 (!) yilgi mavsumdan beri gol urmaydi — uning so'nggi goli 2021 yilning mayida "Sevilya"ga urilgandi.


Azar "Real"dan ketishi mumkin edi — klubni uning jarohatlari va yuqori maoshi o'ylantirgandi


Fevralda Edenning "Santyago Bernabeu"dan oxir-oqibat ketishi haqida mish-mishlar tarqalgandi. Insayder Xose Feliks Diasning xabariga ko'ra, belgiyalik "CHelsi"ga o'tishga qiziqqandi va uni Tomas Tuxel jamoasiga qo'yib yuborishni so'radi.


"Real" esa qarshi bo'ldi: "Madrid" o'shanda Erling Xoland uchun raqobat qilgan va Azarning yirik maoshidan qutulishni orzu qilgandi. Eden soliqlardan so'ng yiliga 15 million evro atrofida maosh oladi — "Real"dagi eng katta maosh (ketgan Garet Beyl bilan bir xil). Belgiyalik shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan.


"Real"da Aazarning noprefessionalizmi va doimiy jarohatlaridan xafa bo'lishgandi: u shu sabab 72ta o'yinni va 510 kunni o'tkazib yubordi. Sog'lom belgiyalikdan ham foyda kam edi: hech kim uning asosiy tarkibda Vinisiusdan ustun qo'yilishini hayoliga keltirmasdi, Anchelotti o'ng qanotda Rodrigo, Valverde yoki Asensioni afzal ko'rardi.


Kilian Mbappening transferi barbod bo'lganidan so'ng ko'p narsalar o'zgardi. O'shanda francuz PSJ bilan yangi shartnoma imzoladi, "Real" esa Azarga bo'lgan munosabatini ko'rib chiqdi. Madrid klubi shundoq ham La Liga va CHempionlar Ligasini yutgan jamoani kuchaytirish uchun qidiruv ishlarini olib borishga ehtiyoj ko'rmadi, bu haqda jurnalist Pako Gonsales yozgan.



"Real"da Edenning eng yaxshi formaga qaytishiga va top-darajadagi o'yin ko'rsatishiga ishonishgandi. Aftidan, ular kutishgan: Marca iyunda belgiyalikning jamoa ixtiyoriga eng ideal formada qaytganini yozgan edi — ehtimol, "CHelsi"dan o'tganidan beri eng yaxshi.


"Eden uchun ideal o'yin. Ikki markaziy himoyachi juda ham pressing uyushtirishmadi, ularning chuqur joylashuvi bizga yordam berishi mumkin edi. Biz Edendan Valverde yoki boshqalarning ishini, balki boshqa ishlarni so'radik", — deydi Anchelotti "Seltik"ga qarshi o'yindan so'ng.


Benzemaning jarohati qanday darajada ekanligi hozircha nomalum. Ko'rinib turibdiki, Azar yangi imkoniyat oldi — hozirda Mariano Diasning Edendan afzal ko'rilishi qiyin masala.


"Seltik" (SHotlandiya) – "Real", Madrid (Ispaniya) 0:3 (0:0, 0:3)

Gollar: 0:1 – 56 Vinisius Junior, 0:2 – 60 Modrich, 0:3 – 77 Azar.

"Seltik": Xart, Yuranovich, Karter-Vikers, Yenc, Teylor, Makgregor, O`Rayli (Muy, 72), Xatate (Ternbull, 72), Yakumakis (Furuxasi, 72), Jota (Xakshabanovich, 82), Abada (Maeda, 46).

"Real": Kurtua, Karvaxal, Alaba, Militao (Ryudiger, 46), Mendi, Modrich (Asensio, 80), Kroos, CHuameni (Kamavinga, 71), Valverde, Benzema (Azar, 30), Vinisius Junior (Rodrigo, 80).

Ogohlantirishlar: Mendi (10), Maeda (64).


Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика