Azar tez orada safga qaytadi

Mirjalol Normatov
17 apr 2021, 00:33
"Real" futbolchisi Eden Azar aprel oyi boshidan buyon umumiy guruhda mashg'ulotlar olib bormoqda.

Avvaliga unga cheklangan tarzda yuklamalar berilayotgandi. Hozirda esa u umumiy guruh bilan bir xil mashg'ulotlar olib bormoqda. Shu boisdan AS nashri futbolchi navbatdagi o'yindayoq qaydnomaga kiritilishi mumkinligini ma'lum qilmoqda. Ammo barchasi bosh murabbiyning qaroriga bog'liq bo'ladi.

Azar ushbu mavsumda 8 bora "Real"ning asosiy tarkibida maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal