Azar Mourino bilan munosabatlari haqida gapirdi
21 apr 2017 00:36
Yangiliklar
Azar Mourino bilan munosabatlari haqida gapirdi
“Joze bilan munosabatlarimiz super edi. Bir yilda men APLda il futbolchisi bo'ldim, shu sabab keyingi mavsum u mendan ko'proq narsa kutgandir. Men u o'ylagandek yaxshi formada emasdim, shu bois juda qiyin davrni boshdan o'tkazdim.
Men doim Mourino bilan yaqin bo'lganman. Konte bilan ham shu holat takrorlanmoqda. Ularning uslublari xar hil. Antonio taktika ustida juda ko'p mehnat qiladi.
Ikki yil
mobaynida Mourino bilan ko'plab yaxshi davrlarni boshdan o'tkazdik. Endi esa Konte
bilan ishlarimiz ko'ngildagidek ketmoqda. Men har doim murabbiylar bilan
muloqotda ulardan, yaxshi narsalarni o'rganishga urinaman. Ularning ikki xil
toifadagi menejer.
Ko'pchilik meni Mourinoning ko'rsatmalarini bajarmaganlikda ayblaydi. Aslida
unday emas. Bu mutlaqo noto'g'ri. Men doim unga yuksak hurmat bilan qaraganman”,
dedi Azar Telefoot telekanali efirida.
Fikrlar