Azar: "Maqsadimiz bitta - "CHelsi" o'tgan mavsumdan yaxshiroq ishtirok etishi kerak"
13 avg 2016 15:30
Yangiliklar
Azar: "Maqsadimiz bitta - "CHelsi" o'tgan mavsumdan yaxshiroq ishtirok etishi kerak"
"CHelsi" yarim himoyachisi Eden Azar Premer-liganing yangi mavsumi haqida fikr bildirdi.
"Biz uchun hammasi boshidan boshlanadi. O'tgan mavsum yakunidan so'ng hamma nega yomon o'ynaganimizga javob topishga urindi. Balki kimdir charchagandir, kimdir yomon ishlagandir.
Yangi mavsumda ikki yil avvalgidek harakat qilishimiz lozim. Maqsadimiz bitta - "CHelsi" o'tgan mavsumdagidan yaxshiroq ishtirok etishi kerak. Murabbiy biz bilan tez-tez suhbatlashib, futbolchilarning o'ziga bo'lgan ishonchini oshirmoqda. "CHelsi" ilk bora evrokuboklarda ishtirok etmaydi. Endi tayyorgarlik uchun etarlicha vaqt bo'ladi" - deydi Azar.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar