Azar: "Kante penaltilar seriyasini xohlamayotganini aytdi, shu sababli g'alaba qozonishdan boshqa yo'limiz yo'q edi"

Aslanov Jasurbek
27 sen 2018, 16:10
"Chelsi" yarim himoyachisi Eden Azar Angliya liga Kubogining 3-bosqichida "Liverpul" ustidan qozonilgan g'alaba (2:1) haqida fikr bildirdi.

Azar 85-daqiqada g'alaba to'pini urdi. Belgiyalik raqibning bir necha futbolchisini aldab, kuchli zarba bilan to'pni darvozaning uzoq burchagiga yo'lladi.

"Zaxirada bo'lgan paytim Kante bilan suhbatlashdim va u penaltilar seriyasini xohlamasligini aytdi, shu sababli g'alaba qozonishdan boshqa yo'limiz yo'q edi. Bu g'alaba navbatdagi bahsda bizga ishonch bag'ishlaydi. Zafar quchdik va chempionat o'yinida ma'lum bir o'zgarishlar bo'ladi, ammo yana g'alaba qozonishni istaymiz. Ayniqsa o'z muxlislarimiz ko'z o'ngida. O'sha kun biz uchun omadli bo'ladi deb umid qilaman" - deydi belgiyalik.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports