Azar debyuti haqida fikr bildirdi
15 sen 2019 12:53
Yangiliklar
Azar debyuti haqida fikr bildirdi
"Real" futbolchisi Eden Azar LaLiga doirasida "Levante"ga qarshi o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Real" tarkibida "Santyago Bernabeu"da o'ynashni orzu qilardim. Bundan ijobiy va yoqimli hissiyotlar qoldi. Futboldan va jamoadoshlarimning o'yinlaridan zavq olishni, chiroyli o'yinlar ko'rsatishni istayman. Buyuk stadionimizda ajoyib muxlislar bizni doimo qo'llab-quvvatlab kelishgan.
Debyutimdan juda ham xursandman, bu jamoaga g'alaba olib kelganidan mamnunman. Jarohatdan qaytgandan keyin oldingi holatga qaytish juda qiyin bo'ladi. Asosiysi g'alaba va biz buni uddaladik.
Ikki durangdan keyin g'alabaga erishish shart edi. 3:2 qulay hisob emasligini bilaman. G'alaba orqali ishonchni o'zimizga qaytarib olardik. Oldinda PSJ va "Sevilya"ga qarshi muhim o'yinlar bor. Biz bunga tayyormiz", - dedi belgiyalik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar