Azar: “Barkli jahon darajasidagi futbolchi bo'lishiga ishonaman”
10 okt 2018 01:10
Yangiliklar
Azar: “Barkli jahon darajasidagi futbolchi bo'lishiga ishonaman”
Londonning “CHelsi” klubi “Sautgempton” ustidan qozonilgan ishonchli g'alaba(3:0) dan keyin “aristokratlar” etakchisi Eden Azar jamoadoshi Ross Barkli haqida to'xtalib o'tdi.
“Agar Rossga o'ynashi uchun erkinlik berib, maydonda unga ishonch bildirsangiz, jahon darajasidagi yana bir futbolchini ko'rishingiz mumkin bo'ladi. Barkli bugungi bahsda menga ajoyib pas berdi va o'zi ham gol urdi. U maydonda juda kuchli futbolchiligini yana bir bor ko'rsata oldi. O'tgan yili jarohat sabab Barkli og'ir mavsum o'tkazgan bo'lsa-da, hozirda bosqichma – bosqich fantastik darajasiga chiqib bormoqda. Fikrimcha, u hali yosh va “CHelsi” uchun foydali o'yinchiga aylana oladi”, – deya fikriga yakun yasadi Belgiya terma jamoasi sardori.
O’xshash yangiliklar
09:15
O'rtoqlik uchrashuvi. "Manchester Siti" - "CHelsi" 4:2, Gollarning uchtasini Holland "mixladi" 1
Fikrlar