Azar 17ta o'yindan buyon PSJga gol urolmayapti

Alisher
19 sen 2019, 10:28
"Real" yarim himoyachisi Eden Azar CHL 1-tur doirasidagi PSJ (0:3)ga qarshi o'yinning 70-daqiqasida zahiraga olindi.

Belgiyalik futbolchi Parij klubi darvozasiga barcha turnirlarda 17 o'yindan beri gol urolmayapti.

Eden kechagi o'yinda ham gol ura olmadi va yakunda "Real" 0:3 hisobida taslim etildi.

Azar bundan oldin "Lill" va "Chelsi"da o'ynab yurgan paytlarida ham PSJga duch kelgan.

Eslatib o'tamiz, Azar 2012-2019 yillar davomida "Chelsi"da o'ynaganidan so'ng, "qirollik klubi" tarkibiga o'tgan edi.

Futbolchi 2008 yildan buyon Belgiya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/mattspiro