So’nggi yangiliklar

04:12"Андижон" ўз уйида "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 04:07Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  95 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  2 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  27 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  8 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  10 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  3 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  8

Azamat Ilyosov: Messi deb chaqirishlariga o'rganib ketdim Yangiliklar

Azamat Ilyosov: Messi deb chaqirishlariga o'rganib ketdim

Birinchi liga ishtirokchisi Nukusning “Orol” jamoasida ham kelajagi porloq o'yinchilar talaygina.
Ulardan biri Azamat Ilyosovdir. 1996 yili Nukusda tavallud topgan Azamat yoshligida ko'plab do'stlari kabi, to'pni orqasidan quvib yurgan. Vaqt o'tgani sari, undagi intilish kuchayib, millionlar o'yini bilan jiddiy tarzda shug'ullana boshladi. Bugungi kunga kelib esa, Ilyosov “Orol” ajralmas bir bo'lagiga aylanib ulgurdi. Bosh murabbiy Nematullo Qutiboev uni maydonning o'ng qanot himoyasida o'ynatmoqda. Yaqinda Nukusdagi hamkorimiz Adilbay Allaniyozov 17 yoshli himoyachidan championat.asia sayti uchun maxsus intervyu oldi.

 - Azamat, avvalambor suhbatimizni futbolga kirib kelishingiz qanday kechgani haqida boshlasak, zero muxlislar hozir siz haqingizda  unchalik ham ko'p malumotga ega emas.
- Yoshlimgimda futbolga qiziqishim yuqori suratda bo'lgan. Kelajakda futbolchi bo'lish orzuim edi. 13 yoshimda “Nasaf” akademiyasiga borib tahsil olishni boshlaganman. Lekin keyinchalik oilaviy sabablarga ko'ra Nukusga qaytib kelganman va shundan buyon mashg'ulotlarni Nukusda davom ettirdim.

- Adashmasak, “Orol” sizning professional futboldagi ilk jamoangiz. SHundaymi?
- Ha, albatta. 2012 yildan buyon  “Orol” futbolchisiman.

 - SHu o'rinda, ilk murabbiyingiz kim bo'lganini ham aytib o'tsangiz. Boisi har qanday futbolchining birinchi murabbiyini yodga olib o'tish, ular uchun o'ziga xos, quvonch bag'ishlashi turgan gap?
 - Futbol maktab internatida shug'ullanib yurganimda, menga Yo'ldosh aka Kochjanov futbol siralarini o'rgatgan. Bugungi kunda esa o'zingizga yaxshi malum, taniqli sobiq hujumchi Nematullo Qutiboev qo'li ostida o'ynab kelmoqdaman.

- Bosh murabbiy Qutibaev bilan munosabatingiz qanday?
- Nematullo aka menga ham aka ham murabbiy o'rnida. Bu insonni juda ham hurmat qilaman.

- Yaqinda “Orol” uchun mavsum poyoniga etgani haqida gaplar tarqaldi...
- Yo'q, Xudo xohlasa chempionat oxiriga qadar o'ynaymiz. Umid xali beri so'ngani yo'q. Qolgan o'yinlarda o'zimizni ko'rsata olsak, hammasi o'rniga tushib ketadi deb o'ylayman.

- Jamoadagi ichki muhit qanday?
 - Bu borada, hammasi zo'r. Ko'z tegmasin.

 - “Orol” safida bu yil ikkinchi mavsumni o'tkazayapsiz ekan. Bu jamoa tarkibida urgan ilk golingizni esdan chiqarmagan bo'lsangiz kerak?
 - Debyut gollarni yoddan chiqarib bo'ladimi. “Orol”dagi ilk golim, hamon esimda. Bu joriy mavsum O'zbekiston Kubogi baxsida sodir bo'lib, biz mehmonda “SHo'rtan”ga qarshi bahs olib borgandik. Mazkur o'yinda kaminada gol urish uchun qulay vaziyat bo'ldi va men undan unumli foydalanib qoldim. Afsuski “Orol”dagi debyut golim jamoam uchun foyda keltirmagandi. CHunki biz o'sha uchrashuvda safardan mag'lubiyatga uchrab qaytgandik.

 - Nukusda mahalliy ishqibozlar va jamoadoshlaringiz sizni "Messi" deb chaqirishar ekan. Sizni taniqli futbolchiga qiyoslashlari biroz bo'lsada, ruhlantirsa kerak?
- Ha. Bunga o'rganib ham ketdim.  

 - Bu yil oliy liga o'yinlarini kuzatib boryapsizmi? Sir bo'lmasa, ko'proq qaysi jamoaning o'yini sizga maqul kelyapti?
 - Ha, milliy chempionat bahslarini kuzatib boraman. Menga “Paxtakor” ni o'yini yoqadi. Tarkibida asosan yoshlar harakat qilmoqda. Lekin shunga qaramay, jamoa o'yini ham yaxshi chiqmoqda.

 - Joriy mavsum poyoniga etgach, oliy liganing bir qator klublari birinchi ligada o'zini ko'rsatgan futbolchilarni ham yig'inga taklif etib, ko'rikdan o'tkazishadi. Agarda sizda elita klubalaridan biriga ko'chib o'tish varinati tug'ilsa, qanday yo'l tutasiz?
.- Agar shunday xolat bo'lsa, avvalo murabbiyimiz bilan suhbatlashaman. U kishi ruhsat bersagina o'sha taklif qilgan jamoaga borib, o'zimni sinab ko'raman.

- O'zi “Orol” bilan amaldagi shartnomangiz nechanchi yilgacha belgilangan?
- Kelishuvimiz 2014 yilga qadar amalda bo'ladi.

- Bir narsani unutmaslik kerakki, bu yoshda oliy liga jamoalarining asosiy tarkibida o'ynab ketishiz qiyin bo'ladi. CHunki murabbiylar ko'p ham yoshlarga ishonch bildiravermaydi. SHu bois ko'proq oldingizda yoshlar ligasida o'ynash imkoniyati bo'ladi...
- Bilaman bu osonlikcha amalga oshmaydi. Lekin hozir yoshlar ligasimi yoki asosiy tarkibda o'ynaymanmi, buni farqi yo'q. Muhimi qaerda o'ynashimdan qatiy nazar o'zimni ko'rsatish.

- Bu yilgi mavsumda siz uchun ko'proq qaysi jamoaga qarshi kechgan o'yin qiyin kechdi?
- “SHerdor” bilan mexmonda o'tgan o'yin qiyin bo'ldi. Bosh hakam to'xtalishlar o'rnini qoplash uchun 6 daqiqa qo'shgandi. Bu biz uchun huddi 12 daqiqadek tuyuldi. Boshqalarga nisbatan shu o'yin shaxsan men uchun juda ham qiyin o'tdi deyishim mumkin.

- Milliy terma jamoamiz futbolchilaridan ko'proq kimning o'yini yoqadi?

- Sanjar Tursunovning muxlisiman.

- Xorijdan yoqtirgan futbolchingiz-chi?

- “CHelsi” azosi Azarning o'yini yoqadi.

Adilbay Allaniyozov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика