So’nggi yangiliklar

00:02ПСЖ — "Сент-Этьен". Барколя ва Дембеле асосий таркибда  0 00:00А Серия. Довбикнинг 90+8 дақиқада пенальтидан урган голи "Рома"ни "Болонья"га қарши ўйиндаги мағлубиятдан асраб қолди, Шомуродов захирада қолдирилди  9 23:55Испания Суперкубоги. "Реал" — "Барселона" 0:0 (матнли трансляция)  3 23:36Англия кубоги. "Саутгемптон", "Кристал Пэлас", "Ипсвич" ва "Ньюкасл" қуйи лига жамоаларини мағлуб этди  1 23:14U-20 Осиё кубогига тайёргарлик кўраётган Ўзбекистон ёшлар терма жамоасининг Тошкентдаги машғулотларидан суратлар  1 22:54"Манчестер Юнайтед" 10 киши бўлиб "Эмирейтс"да "Арсенал"ни Англия кубогидан чиқариб юборди  74 22:49"Реал" — "Барселона". "Эл класико" учун таркиблар маълум  35 22:42Расман: "Пахтакор" бразилиялик ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  17 22:15Ла Лига. "Атлетико" бу сафар "Осасуна"дан устун келиб, 1-ўринга қайтди. Мадридликлар барча мусобақаларда кетма-кет 14-бор ғалаба қозонишди  5 21:37Нойер "Бавария"да қоладими?  0 21:15А Серия. Дармианнинг голи "Интер"га меҳмондаги ғалабани тақдим этди  2 20:54Ўртоқлик ўйини. "Пахтакор" Озарбайжон жамоасини ишончли ҳисобда мағлуб этди, Башар Ресандан гол  8 20:38Команни Лондонда кутишмоқда  0 20:17Англия кубоги. "Тамворт" — "Тоттенхэм" ўйини ғолиби қўшимча бўлимларда аниқланди  3 20:01Абдуқодир Ҳусанов АПЛдаги илк ўзбекистонлик футболчига айланади. У янги жамоаси сафига қачон бориб қўшилади ва "Манчестер Сити"даги қайси рақамни олади?  11

Azamat Bobojonov: "Bunyodkor" darvozasiga faoliyatimdagi eng chiroyli golimni urdim" Yangiliklar

Azamat Bobojonov: "Bunyodkor" darvozasiga faoliyatimdagi eng chiroyli golimni urdim"

Nafaqat turning, balki mavsumning eng kutilmagan natijalaridan biri amaldagi chempion - Bunyodkorning o'z maydonida Dinamoga mag'lubiyatga uchragani bo'ldi.
SHu kuni uchrashuvning faol o'yinchilaridan biri bo'lgan Azamat Bobojonov Dinamo tarixidagi Bunyodkor ustidan qozonilgan ilk g'alabani taminlagan gol muallifi bo'ldi. Kuni kecha futbolchi klub rasmiy saytiga intervyu berdi.

FUTBOLGA KIRIB KELISHI VA OLIY LIGADAGI FAOLIYATI

- Azamat, avvalo futboldagi dastlabki qadamlaringiz haqida so'zlab bersangiz?

- Bolaligimdan futbolga qiziqqanligim uchun, futbolning ashaddiy muxlisi bo'lgan otam va akam 10 yoshimda Nukusdagi futbol maktabiga olib borishdi. U erda ilk futbol saboqlarini olgach, shahrimizdagi futbol internatida tahsil oldim. 2007 yilda esa Jayxun jamoasi safiga qo'shildim. Birinchi ligada ikki yil davomida to'p surgach, 2009 yilda Vali Keldiev Xorazm jamoasiga taklif etdi. Aynan Urganch klubida 21 yoshimda Oliy Ligadagi debyutimni nishonladim.

Xorazmni tark etgach, 2010-2012 yillar davomida Mashal, Buxoro va Qizilqum jamoalarida to'p surib, tajriba orttirdim.

DINAMODAN TAKLIF

- Dinamo jamoasiga taklif etilishingiz qanday kechgandi?


- 2013 yilgi mavsum boshlanishi oldidan Dinamo jamoasiga Kamo Gazarov bosh murabbiy etib tayinlandi va u meni Samarqandga taklif etdi. SHundan so'ng, jamoada Ravshan Haydarov ham ish olib bordi. Bu murabbiy qo'l ostida Qizilqumda ham o'ynaganligim bois, Ravshan Akmalovich qo'l ostida ham muvaffaqiyatli o'yin ko'rsata oldim, deb o'ylaman. Jamoa bilan 2013 yilda 8-o'rinni egallaganimiz bois, 2014 yilgi mavsumni ham Samarqandda o'tkazishga qaror qildim. Ko'hna shahar hozirda mening ikkinchi uyimga aylangan. SHukrki, bu erdagi faoliyatimdan nolimayman.

JORIY MAVSUM HAQIDA

- Joriy mavsum birinchi davrasining boshlanish va yakunlanish qismi Dinamo uchun omadli kechgan bo'lsa, ikkinchi davra ancha omadsiz boshlandi. Buni nima bilan izohlaysiz?

- Mavsumning boshlanish qismida o'z maydonimizda Metallurg, safarda So'g'diyona va Andijon jamoalarini mag'lub etgandik. Biroq o'sha Paxtakorga qarshi o'tgan o'yinning so'nggi daqiqalarida o'tkazilgan to'pdan keyin mag'lubiyatga uchragach, jamoamizda ruhiy sho'ng'ish kuzatildi. Natijada ketma-ket o'yinlarda omad bizdan yuz o'girdi. Davra so'ngida esa Buxoro va Navbahordan ochko olib, o'zimizga kelgandek edik. Ammo ikkinchi davra boshlanishida ham omadsizlikka uchradik. Ketma-ket Nasaf, Metallurg va ayniqsa, So'g'diyona bilan o'yinlarda umuman o'yinimizni yo'qotib qo'ydik. Bu yog'iga vaziyatni o'zgartirishimiz shart edi.

AGAMURODOVNING KELISHI

- Tachmurod Agamurodov Dinamoda ish boshlagach, klubda birinchi navbatda nima o'zgardi?

- Tajribali mutaxassis chorshanba kuni bizga tanishtirilgach, dastlabki kungi mashg'ulotlardan boshlab futbolchilarga o'z qarashlarini singdira boshladi. Bunyodkor bilan o'yin oldidan uchta mashg'ulot o'tkazib, jamoaning ruhiy holatini yaxshilashga urindi. Muvaffaqiyatsizliklarni unutib, har qanday raqibga nisbatan qo'rqmay o'ynash lozimligini uqtirdi.

BUNYODKOR USTIDAN FALABA VA ENG CHIROYLI GOLI

- Amaldagi chempion - Bunyodkor bilan o'yin oldidan g'alabaga ishonch bor edimi?


- Hech bo'lmaganda durangga umid qilgandik, har holda. Jamoamiz murabbiylari himoyada ishonchli o'ynab, o'z omadimizni qarshi hujumda izlashimizga ko'rsatma berishgandi. Natijada, Bunyodkor hujumga ko'p etibor bergani uchun bizda ham qarshi hujumda vaziyatlar yuzaga kela boshladi. Vaziyatlardan unumli foydalanganimizda 2-3 ta gol urishimiz ham mumkin edi. Qo'shib berilgan daqiqalarda esa omad shu kuni biz tomonda ekanligiga amin bo'ldik.

- CHamasi 40 metr masofadan tepilgan jarima to'pini golga aylantirdingiz. Oldin ham shunday gollar urganmisiz?

- Jarima zarbalaridan gollar urganman, ammo Bunyodkor darvozasiga kiritilgan gol faoliyatimdagi eng chiroylisi. Aylanma zarbam darvozabonni chalg'itdi va natijada g'alabaga erishdik. Bu muvaffaqiyat jamoaning ruhiyatini tubdan o'zgartirdi. O'z kuchimizga ishonchimiz ortdi. Bu yog'iga ham muxlislarimiz bizni qo'llab-quvvatlashda davom etishsa, nafaqat ligada qolish uchun, balki yanada yuqori o'rinlar uchun kurashamiz, deb umid qilaman.

QORAQALPOQ FUTBOLI

- Azamat, siz Oliy Ligamizdagi Qoraqalpoq futboli namoyandalaridan biri sanalasiz. Aytingchi, Nukusda Oliy Ligada ishtirok etadigan jamoa tashkil etish uchun nima to'sqinlik qilmoqda?

- Haqiqatdan ham, Qoraqalpog'istondan chiqqan bir qancha futbolchilar Oliy Liganing turli jamoalarida to'p surishmoqda. Jumladan, men, Nasafda Azamat Allaniyazov, Buxoroda Oybek Nurboev, So'g'diyonada Salamat Quttiboev, Qizilqumda terma jamoaga chaqirilayotgan Navro'zbek Olimovlar. Kelajakda Nukusda ham Oliy Ligada ishtirok etuvchi klub tashkil etilsa, men kabi boshqa qoraqalpog'istonlik futbolchilar ham jon deb jamoamiz shani uchun kurashgan bo'lardik.

Usmon IBODOV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика