Azamat Allaniyozov: "Nasaf" bu yil O'zbekiston chempioni bo'lmoqchi"
29 jan 2016 11:00
Yangiliklar
Azamat Allaniyozov: "Nasaf" bu yil O'zbekiston chempioni bo'lmoqchi"
Qarshining "Nasaf" klubi hujumchisi Azamat Allaniyozov Dubayga uchib ketish oldidan o'z fikrlarini bildirdi.
“O'z oldimizga jiddiy maqsadlarni qo'ygan holda mavsumga tayyorgarlik ko'ryapmiz. Bizda faqat chempionlik unvoni yo'q. OFK Kubogi, O'zbekiston kubogi, kumush va bronza medallar bor. Kollekciyamizni chempionat oltin medallari bilan boyitib olsak, murodimiz hosil bo'lardi. Buning uchun joriy mavsumda astoydil harakat qilamiz. Afsuski, o'tgan mavsumning yarmini jarohat sabab o'tkazib yuborishga majbur bo'ldim. Mavsum avvalida o'z oldimga katta maqsadlar qo'ygandim. Birinchi galda to'purarlik mahoratimni namoyish etib, jamoamga yordam berishni xohlagandim. Ammo, hamisha ham siz o'ylagan narsalar bo'lavermas ekan. Bu yil jarohatlar chetlab o'tsa, albatta chempionat to'purlarligi uchun kurashaman”.
Kamoliddin ALIMOV
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar