So’nggi yangiliklar

16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  5 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  7 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  15 14:57"Мен ҳамон МЮ билан АПЛ ва ЕЧЛни ютишни орзу қиламан"  4 14:32Англия терма жамоаси футболчиси тез орада "Атлетико"га ўтади  1 13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  2 13:04"Челси" яна бир дарвозабонга пул сарфлади, энди уларда 7 нафар посбон бор  4 12:27Суперлига. Андижондаги марказий ўйинни ким бошқаради? 14-турнинг дастлабки 3 ўйини ҳакамлари маълум  5 11:59ОЧЛ тугатилди, энди янги мусобақа кўрамиз  25 11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  4 10:56"Локомотив" эртага янги ўйинчиларни таништиради  1 10:45«Барселона» узоқ вақт қизиққан футболчисининг трансферидан воз кечди  3 10:11«Фулҳэм» «Арсенал» футболчиси учун рекорд миқдорда пул тўлайди  4 09:43«Ал Садд» «Монако» футболчисини сотиб олди  2 09:15Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  15

Azamat Abduraimovning intervyusiga munosabat Yangiliklar

Azamat Abduraimovning intervyusiga munosabat

Saytimizda sal avval Azamat Abduraimovning "Bunday keskin jazoning jiddiy sababi bo'lishi kerak" sarlavhali intervyusi chop etildi.

Men Azamat Abduraimovni ham, intervyuda gap borgan Vadim Abramovni ham anchadan beri bilaman va inson hamda murabbiy sifatida ularning ikkalasini ham hurmat qilaman. 

Intervyuni o'qigach menda Abduraimovning ayrim gaplariga munosabat bildirish fikri tug'ildi. Avvalo shuni aytishim lozim, oliy ligada keyingi yil 12ta jamoa qolarkan degan xabar chiqqanidan so'ng men dastlab Vadim Abramov, undan keyin Igor SHkvirindan aynan shu mavzu yuzasidan intervyu olgandim. 

Bunga asos bor edi, chunki "Neftchi" ham, "So'g'diyona" ham turnir jadvali pastki o'rinlarida borayotgandi va bunday qaror qabul qilinishi avvalo shu klublarga tasir ko'rsatishi muqarrar edi. Oliy liga tugadi hamki biz kimlar tark etgani-yu, birinchi ligadan kim chiqqanini hamon bilmaymiz. Bu esa PFLning o'zida konkret gap yo'qligini bildiradi.

Vadim Abramov keyinchalik saytimiz xodimi SHahboz Beg'amovga bergan intervyusida agar "Neftchi" birinchi ligaga tushirib yuborilsa, birinchi ligada ishlash niyati yo'qligini bildirdi. Bunga murabbiy sifatida Abramovning haqqi bor. Aytalik, u men jamoani eplay olmadim, meni deb tushib ketdi deya o'zi istefo so'rashi yoki bo'lmasa klub rahbariyati Abramov gapirishini kutib o'tirmay buyruq asosida murabbiyni ishdan olishi mumkin. 

Bu umuman boshqa masala. Hozirgi masala shuki, shaxsan men Vadim Abramov o'zimga va Beg'amovga bergan intervyusida provakacion (odamlarni junbushga undaydigan) gaplar gapirgan deb o'ylamayman. Bir narsani aytishim mumkin, Abramov o'sha intervyularida vaziyatni o'rganmoqchi bo'lgan xolos. Bunga esa to'la haqqi bor, zero bu o'rinda Abramovning ustun jihati uning qo'lida 2017 yil uchun futbol Reglamenti borligi. 

Eshitishimcha, keyinchalik PFL aynan intervyu sabab Abramovni ham, SHkvirinni ham chaqirgan va nima uchun shunday gaplar aytishgani haqida tushuntirish so'ragan. Hatto ikkala murabbiy bundan keyin boshqa tanqid qilmaymiz manosida tushuntirish xati ham yozib beribdi deb eshitdim. Endi Azamat Abduraimovning intervyusiga kelsak, biror masalaga munosabat bildirishdan oldin PFLga xat yozish, xullas bunaqa narsalarni stol atrofida hal qilish kerak bo'lar ekan. Bunga qarshiligimiz yo'q, mayli murabbiylar stol atrofida 24 soatlab o'tirib muhokama qilaversin, lekin bu o'rinda OAVning o'rni qaerda qoladi? 

Murabbiy o'z fikrini matbuotda erkin bayon qila olmasa bu nima gap? Nima uchun murabbiylar PFLdan qo'rqib yashashlari kerak? PFL o'zi kim? Musobaqa tashkil qilib, keyin uni o'tkazuvchi va nazorat qiluvchi tashkilot emasmi? PFL oldin o'zining ishini qoyillatib qo'ysin, jamoalarni hal qilsin, reglament yozsin, taqvim tuzsin, o'yinlarni o'z vaqtida o'tkazishni taminlasin. Nima uchun PFL murabbiylarning og'zini tekshirib yurishi kerak? Bunaqada matbuot erkinligi qaerda qoladi?

Bugun Abramov chetlatilsa, ertaga yana kimdir jazoga tortilsa, boshqa murabbiylar gapirishga qo'rqib qolmaydimi? So'z erkinligi nima bo'ladi? SHundan keyin hammamiz mum tishlab futbolimiz rivojlanmoqda deya qarsak chalib yuraveramizmi? Madomiki PFL klublar to'lab berayotgan badal pullari evaziga kun ko'rayotgan ekan, klublar ustidan hukm o'tkazishga haqqi yo'q. Tashkilot faqat reglamentga muvofiq musobaqani o'tkazishi va nazorat qilishi mumkin. 

Qolaversa, PFL kimnidir jazolashni maqul topsa, buni qonun asosida isbotlab berishi shart. Masalan, Vadim Abramovning nomuayyan muddatga futboldan chetlatilganini konkret ko'rsatib bersinki, odamlarda savol yuzaga kelmasin. Eng avvalo Abramovning o'zida savol bo'lmasin.

Azamat Abduraimov o'z intervyusida Abramov oldingi xizmatlari bilan yashamoqda deb, "Neftchi"ning bu yil qatorasiga 12ta o'yinlik g'alabasiz seriyasidan boshqa maqtanadigan joyi yo'qligiga shama qilgan. Bu endi butunlay boshqa mavzu. "Neftchi"ni yuqoriga ko'tara olmaganini Abramovning o'zi ham tan olyapti va bu haqda istagancha gapirish mumkin. Qolaversa, Abduraimovning murabbiy sifatida hali hech narsaga erishmay turib murabbiy sifatida nimagadir erishgan Abramovni tanqid qilishdan maqsadi nima degan savol ham yuzaga keladi.

Bu o'rinda murabbiyni faqat muxlislar muhokama qilish huquqiga ega, bo'lib ham eng ko'p farg'onalik ishqibozlar haqli. Yuqorida aytib o'tganimizdek, uning nima sababdan birinchi ligada ishlashni xohlamagani - bu uning ishi va Abduraimov buni muhokama qilishi shart emas. Madomiki Abduraimov shunchalik futbolni yaxshi ko'rar ekan, o'zi ishlasin bolalar murabbiyi bo'lib yoki bo'lmasa birinchi liganing qaysidir jamoasida.

Balki Abramov PFLdagilarga qarata "Vy vsyo eto nepravilno delaete" ("Sizlar hammasini noto'g'ri qilyapsizlar") degan bo'lishi, bu esa tashkilot rahbariyatiga yoqmagan bo'lishi mumkin. Aytib o'tganimizdek, Abramovning zafarli onlari ortda qolgani-yu, bugungi kunda o'sha o'tmish bilan yashayotgani hamda natija ko'rsata olmayotgani bu butunlay boshqa masala. U murabbiy sifatida nima bo'layotganini tushuntirib berishlarini xohlamoqda, xolos. Masalan men hech narsa yutmaganman, hech qanday unvonim ham, sovrinim ham yo'q, lekin bu futbol sohasi vakili sifatida o'z fikrimni erkin bayon etmaslik huquqini bermaydi.

Reyting: +172   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика