So’nggi yangiliklar

09:22“Бавария“га “Ливерпул“нинг икки нафар футболчиси керак  0 08:52Пролига. Бугун Тошкент дербиси бўлиб ўтади  1 08:24Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор  7 07:54“Насаф“ етакчисига Қатар ва БААдан таклиф бор  5 07:25Жоэль Кожо фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 01:47Ансу Фати янги жамоаси учун тиббий кўрикдан ўтди  1 01:18"Атлетико" ёзги трансферлар учун жуда катта маблағ ишлатади  3 00:55Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди, "Динамо" эса сафарда ўн киши бўлиб зафар қучди  2 00:53Ҳусайн Норчаев: "Бугун ҳимояда чалкашликлар бўлди. Кейинги ўйинларда яхшироқ ҳаракат қиламиз"  0 00:29Шароф Муҳиддинов: "Футбол 90-дақиқадан кейин ҳам ўйналади"  3 23:58Брайан Риаскос: "Бу голлар тасодиф эмасди"  10 23:32Рўзиқул Бердиев: "Икки очко йўқотдик деб ўйлайман"  29 23:11Баҳром Ҳайдаров: "Футболчилар мураббийсиз ҳам ғалаба қозонса бўлади"  8 22:59Камолиддин Тожиев: "Фақат Сергеевга боғланиб қолмаганмиз"  10 22:36Вадим Абрамов: "Чемпионлик? Бу ҳақида сентябрь-октябрь ойларида гаплашамиз"  9

Azamat Abduraimov: "Tojikiston o'smirlar terma jamoasi safida yoshi katta futbolchilar ko'pligi bilinib turibdi" Yangiliklar

Azamat Abduraimov: "Tojikiston o'smirlar terma jamoasi safida yoshi katta futbolchilar ko'pligi bilinib turibdi"

Kuni kecha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Tojikistonda ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

Ilk bahsda vakillarimiz 0:4 hisobida mag'lub bo'lishdi. Ikkinchi uchrashuvda esa O'zbekiston 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu o'yinlar haqida Azamat Abduraimov o'z fikrlarini bildirdi.

"Tojikiston o'smirlari yaxshi jamoa. O'tgan yilga taqqoslaganda ko'plab yoshi katta futbolchilarni qo'shib olishgan ekan. Ularning yoshi katta ekanligi ko'rinib turibdi. Ammo ikkinchi o'yinda ikkinchi taymda 10 futbolchi bo'lib o'ynaganimizga qaramay biz ularni mag'lub eta oldik. Baribir bizning yigitlar kuchliroq.

Birinchi o'yindagi mag'lubiyatning sababi: Biz yig'in o'tkazayotgandik, futbolchilarga yuklamalar berilgandi, oyoqlari o'zlariga bo'ysunmadi. Bu yil hisobidagi ilk xalqaro o'yinimiz edi. Bizga tajriba to'plash uchun ko'proq o'yinlar zarur. Ammo oldingi rahbariyat bironta turnir, bironta o'yin tashkil etib bermadi. Faqat chiroyli gaplar bo'lgandi xolos.

Yana bir sabab: Bu yig'inga besh nafar asosiy futbolchini olib ketmadik. Ularning o'rniga olib ketilgan futbolchilarni sinab ko'rishni istadik, ammo hali tayyor emasliklari ko'rinib qlodi. Bularning barchasi hozir o'rtoqlik o'yinlarida ko'ringani yaxshi.



Agar biz ham har oyda yig'inlar va xalqaro o'yinlar o'tkazganimizda, terma jamoaning asosini aniqlab olgan bo'lardik. Bizning muammomiz: O'z yog'imizda qovurilib yotibmiz. Toshkent shahar chempionatida "Paxtakor" barchani mag'lub etmoqda, kurash bitta-ikkita o'yinda bo'ladi. Ular bunda shiddatga tayyor emaslar.

SHu bois imkon qadar ko'proq o'yin o'tkazish kerak va mag'lub bo'lishdan qo'rqmaslik kerak. Salbiy natija xotirjamlikdan ko'ra ko'proq foyda keltiradi.

Keyingi o'yinda asosiy tarkibni tushirdik va ular xarakter ko'rsatdik. Mag'lub bo'layotgandik va hisobni tenglashtirdik. Kamchilikda g'alaba qozonib ketdik. Butun ikkinchi taymda kurashdik. Kiyim almashtirish xonasida qanday xursandchilik bo'lganini tasavvur qila olmaysiz! Kollektiv mana shunday tuziladi.

Ravshan Ermatov va yangi rahbariyat ish kunining ilk kunida bizning murabbiylar shtabimizni qabul qilishdi, muammolarimizni hal qilishdi. Saralash bosqichiga qadar rejalarni tuzib oldik. Ularga rahmat aytaman. Futbol kishilari bilan gaplashish oson va oddiy. Ular futbolni ichidan bilishadi va bizga endi haqiqatdan ham bizga etibor qaratishganini his qildim", - deydi Azamat Abduraimov. 

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика