So’nggi yangiliklar

09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  0 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  1 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  6 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  0 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  5 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  9 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  29 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  31 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  4 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  1 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0

Azamat Abduraimov: "O'zbekiston o'smirlar terma jamoasida yoshi katta futbolchilar bor edi..." Yangiliklar

Azamat Abduraimov: "O'zbekiston o'smirlar terma jamoasida yoshi katta futbolchilar bor edi..."

O'zbekiston U-16 terma jamoasi 18-22 sentyabr kunlari Toshkentda Osiyo chempionati saralash bosqichida ishtirok etadi.

Vakillarimizga Hindiston, Bahrayn va Turkmaniston o'smirlari raqiblik qilishadi.

Terma jamoamiz ustozi Azamat Abduraimov ushbu saralash bahslaridan oldin bir qator savollarga javob berdi.

- So'nggi yillarda O'zbekiston yoshlar va o'smirlar terma jamoalari xatto Osiyo chempionatiga ham chiqa olishmayapti. SHu bois sizning jamoaingizda bosim bormi?

- Bizdan oldingi o'smirlar terma jamoasi Osiyo chempionatiga chiqa olmagani tufayli hozir biz saralash bahslarida 2-savatchadan joy oldik. Hindiston 1-savatchadagi jamoa bo'lib guruhimizdan joy olgan. Aynan ular guruh favoriti hisoblanadi. Boshqa tomondan olib qaraganda agar oldingi o'smirlar terma jamoasi Osiyo chempionatiga chiqa olishganida biz faqat shu yil boshida yig'ilardik. Qita chempionatiga chiqa olishmagani tufayli bizning jamoa o'tgan yil tashkil etildi va tayyorgarlik uchun ko'proq vaqt bo'ldi. Bu davr mobaynida men terma jamoaga nomzod bo'lgan deyarli barcha futbolchilarni kuzatdim. Terma jamoamiz Osiyo chempionatiga chiqish vazifasini bajarishimiz kerak. SHogirdlarim bunga tayyorlar. Maqsadimiz - guruhda birinchi o'rinni olib qita chempionatiga chiqish. Oldingi va hozirgi O'FA rahbariyati faqat maksimal vazifalar qo'ymoqda. Eng oliy maqsad esa Jahon chempionati. Balki bizda Estafeev jamoasida bo'lgani kabi yorqin yulduzlar yo'qdir, ammo jamoaviy o'yin evaziga natijaga erishishga harakat qilamiz. Dushanbe va Moskvadagi musobaqalarda yigitlarda xarakter borligini ko'rdik.

- Moskvada o'tgan “Star Way” xotira turnirining ikkinchi turida Serbiya bilan o'yinda hakam sizga qizil kartochka ko'rsatdi. O'sha vaziyatda nima sodir bo'lgandi?

- Afsuski o'smirlar futbolida hakamlik yaxshi darajada bo'lmaydi. Sababi endi hakamlikni boshlayotgan yoshlar ishlashadi. Serbiya bilan o'yinda bosh hakam meni chetlatdi. Serblar jismonan baquvvat shu bois juda keskin o'ynashadi. Raqib futbolchisi qoida buzganida butun murabbiylar shtabimiz bunga etibor qaratishni so'radi. Bosh hakam oldimga yugurib keldi va zaxira hakamining gapiga ko'ra menga qizil kartochka ko'rsatdi. Etiborlisi shundan keyin bu qarori xato bo'lganini sezgan shekilli serbiyalik ikki futbolchiga qizil kartochka ko'rsatdi. CHetlatish tufayli so'nggi turda Rossiya bilan o'yinda zaxira o'rindig'ida o'tira olmadim. Albatta bu narsa bizga pand berdi. Sababi ruslar ikkinchi taymda 10 kishi bo'lib qolishdi, ularning darvozaboni chetlatilgandi. Raqib kamchilikda qolganida qanday harakat qilishni, qanday taktik o'zgarishlar kerakligini men vaqtida yordamchilarimga etkazib bera olmadim va o'yin 0:0 hisobida tugadi. Agar o'shanda zaxira o'rindig'ida bo'lganimda balki Rossiyani ham mag'lub eta olarmidik.



- Yozda Dushanbeda Tojikiston bilan o'rtoqlik uchrashuvida 0:4 hisobida yutqazib qo'yganimizdan keyin siz raqib safida yoshi katta futbolchilar bor deb aytgandingiz. SHunda o'zbek futbol muxlislari orasida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasida ham bundaylar borku deganlar ko'p bo'ldi. Mana shu muxlislarga nima deysiz?

- Tojikiston o'smirlar terma jamoasida yoshi katta futbolchilar borga o'xshadi degandim. O'tgan yil Toshkentda ushbu jamoa CAFA musobaqasida ishtirok etgandi. O'shanda biz Tojikistonni 3:0 hisobida mag'lub etgandik. Bu yil Tojikiston o'smirlari safida o'tgan yil Toshkentga kelgan futbolchilarni deyarli ko'rmadim. Oddiy odam tashqaridan qaraganda yoshi katta futbolchi ekan deb o'ylaydi. Menda ham shunday bo'ldi, ular ko'rinishidan va jismoniy tomonlama 16 yoshga o'xshamadi. O'zbekistonda oldin ham hozir ham o'z yoshidan katta futbolchilar bor va bo'lgan. Bunday narsa butun dunyoda bor. Eron, Tojikiston va ayniqsa Afg'oniston o'smirlar terma jamoasida bunday futbolchilar juda ko'p. Qaytaraman bu shunchaki mening fikrim, buni rasman tasdiqlay olmayman. O'zingiz ham futbolchilarga qarasangiz yoshi katta deb o'ylaysiz.

O'FA ancha yillardan buyon yoshi kichiklashtirilgan futbolchilarga qarshi kurashib kelmoqda, ularni topib jazoladi ham. Demak bizda ham bunday illat mavjud. Tan olib aytaman bizning jamoada ham bunday futbolchilar bor edi, tekshiruvlar natijasida ularni aniqladik hamda terma jamoadan chetga chiqardik. Ayni paytda men boshchiligimdagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasida yoshi kichiklashtirilgan futbolchilar qolmagan.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика