So’nggi yangiliklar

02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  8 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  3 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  3 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  26 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  102 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0

Azamat Abduraimov: "Oliy ligaga chiqishga bir qadam qoldi" Yangiliklar

Azamat Abduraimov: "Oliy ligaga chiqishga bir qadam qoldi"

Bugun bo'lib o'tgan birinchi liga doirasidagi "Registon" - "Andijon" (1:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Azamat Abduraimov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Asosiysi bugun g'alabaga erishdik. Ikki mag'lubiyatdan keyingi g'alaba bizga juda kerak edi. Oldingi ikki mag'lubiyat bizga salbiy tasir o'tkazgan edi. Uyda yutqazganimiz yigitlarga ruhan tasir qilgandi. Navoiyda juda og'ir o'yin o'tkazdik. Bugun shu boisdan faqat g'alaba uchun maydonga tushdik. Biz o'yinni juda engil boshladik va birinchi bo'limda yaxshi o'yin ko'rsatdik. SHundan so'ng yigitlar biroz xotirjamlikka berildi. Ular erta g'alabaga erishdik deb o'ylashdi shuning uchun ikkinchi bo'limda unchalik o'yinimiz o'xshamadi. "Registon" yaxshi jamoa va oxirigacha o'ynadi. Xarakter namoyish etdi va gol urdi, bir necha yaxshi imkoniyatlarga ega bo'ldi. Ikkinchi bo'lim juda og'ir kechdi. O'yindan shaxsan men qoniqdim deya olaman. Mehmonda g'alaba qozondik va oliy ligaga chiqishga bir qadam qoldi. Agar keyingi turda "SHerdor"ni yutsak oliy ligaga muddatdan oldin chiqamiz" - deya o'yin haqida dastlabki fikrlarini bildirib o'tadi "burgutlar" bosh murabbiyi Azamat Abduraimov.

- "Andijon" Oliy ligaga munosib jamoami? Birinchi ligadagi yagona raqibi "Mashal"ga ikki o'yinda ham mag'lub bo'ldi.
- Biz Muborakda faqatgina so'nggi daqiqalarda to'p o'tkazib yubordik va mag'lub bo'ldik. Uydagi uchrashuvda esa hujumkor o'ynaganimiz bizga pand berdi. O'ylaymanki "Andijon" oliy ligaga munosib jamoa. Bizni oliy ligaga chiqishimizga hech qanday muammo bo'lmaydi.

- Jamoaning oliy ligaga yo'l olsa mana shu tarkib saqlanib qoladimi yoki tarkibda jiddiy o'zgarishlar ko'ramizmi?

- Tarkibni kuchaytirish albatta bo'ladi. Jamoamizda bir qancha muammolar bor. Jumladan hujum chizig'imizni jiddiy kuchaytirishimiz kerak. Undan tashqari markaz va himoyaga tajribaliroq o'yinchilarni ham jalb etmoqchimiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика