So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  24 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  80 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  11 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  22 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

Azamat Abduraimov: "Oldimizdagi minimum vazifa oliy ligadagi o'rnimizni saqlab qolish" Yangiliklar

Azamat Abduraimov: "Oldimizdagi minimum vazifa oliy ligadagi o'rnimizni saqlab qolish"

Yana oliy ligaga qaytgan "Andijon" klubidan bu yil muxlislarning umidi katta.
Bosh murabbiy Azamat Abduraimov yangi mavsum oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Hech qaysi murabbiy tayyorgarlikdan to'liq qoniqish xosil qilmaydi. Biz imkon qadar mavsumga puxta tayyorgarlik ko'rishga harakat qildik.

- Selekciya jarayonida katta hajmdagi ishlarni amalga oshirdik. Bu borada imkoniyatimizdan kelib chiqib ish tutdik. Raqobatni oshirish niyatida tarkibga 10dan ortiq yangi futbolchilarni jalb etganmiz. Xususan darvozabon Temur G'aniev, mudofaa chizig'ini kuchaytirish uchun esa Temur Sultonov, Sergey Docenko, Javlon Mirabdullaev, Aleksey Kasyan singari o'yinchilarni olib keldik.

- Legionerlar haqida nima deyishim mumkin? Biz qishki yig'inlar chog'ida bir nechta xorijlik futbolchilarni sinab ko'rdik. Ulardan bizga Kasyan, Docenko hamda Raskov maqul keldi. Kasyan oldin ham Andijon uchun o'ynagan. Ularga yangi jamoa va yangi chempionatga moslashib olish uchun baribir ozgina vaqt kerak bo'ladi. Umid qilamanki xorijlik futbolchilarimiz o'zlariga bildirilgan ishonchni oqlaydi.

- Biz rahbariyat bilan maslahatlashgan xolda, bu yil o'z oldimizga elitadagi o'rnimizni saqlab qolishni maqsad qilib qo'ydik. SHuningdek bu yil Andijon futbol klubining 50 yillik to'yi munosabati bilan imkon qadar yuqori o'rinlarni egallab muxlislarni xursand etishga harakat qilamiz.

Islombek Rustambekov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика