So’nggi yangiliklar

02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  0 01:00Ла Лига. "Барселона" "Сельта" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  37 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  25 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  7 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  9 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  2 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  7 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  2

Azamat Abduraimov: "Andijon"ga Rubin"dan futbolchi kelishi mumkin" Yangiliklar

Azamat Abduraimov: "Andijon"ga Rubin"dan futbolchi kelishi mumkin"

O'quv-mashg'ulot yig'ini hali boshlanmagan bo'lsa-da, jamoa bosh murabbiyi Azamat Abduraimov yangi mavsumga tayyorgarlik rejasini tuzib qo'ygan.
Oliy liga jamoalarini yangi mavsumga tayyorgarliklari boshlanmoqda. Bir yillik tanaffusdan so'ng yana kuchlilar safiga qaytgan “Andijon” jamoasi ham yangi mavsumda o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan holda ishga kirishmoqda.

Bundan tashqari murabbiy tarkibni ham kuchaytirish haqida o'ylamoqda. Qishki yig'inlar davomida bir qator yangi o'yinchilar ko'rikdan o'tkaziladi. Qolaversa, jamoaga legionerlar ham taklif etiladi. SHu va boshqa maqsadda Abduraimov kuni kecha Moskvada bo'lib qaytdi. Bir necha kuni Rossiya poytaxtida bo'lgan “Andijon” ustozi kecha Toshkentga qaytib keldi. Azamat Abduraimov saytimizga safar taassurotlari va tayyorgarlik rejalari haqida gapirib berdi.

- Rossiyaga safar qilishimdan maqsad “Rubin” ustozi Qurbon Berdiev bilan ko'rishib, jamoada malaka oshirishim borasida gaplashib olish edi, - deb so'zini boshladi Abduraimov. - Yanvar oyida bir necha kun “Rubin” klubining mashg'ulotlarida qatnashib malaka oshirib qaytaman. Bu borada qozonliklar bilan kelishib oldik. Barchaga yaxshi malumki, “Rubin” Rossiyaning eng etakchi klublaridan biri sanaladi. Jamoa ikki karra mamlakat chempioni bo'lgan. Bundan tashqari “Rubin” Evropa chempionlar ligasida kimsan “Barselona” va “Inter”dek grand klublarni mag'lubiyatga uchratib shov-shuv ko'tara olgan. SHuningdek, qozonliklar so'nggi yillarda muntazam ravishda Evroturnirlarda ishtirok etib kelishmoqda. Albatta, bunday klublarda malaka oshirish har qanday murabbiy uchun foydadan holi emas. Qurbon Berdiev va jamoa mutasaddilari bilan o'rtamizda yaxshi aloqa o'rnatilgan. Ilgari Samarqandning “Dinamo” jamoasini boshqarganimda Bahodir Nasimov aynan “Rubin” bilan shartnoma imzolab Rossiyaga yo'l olgandi. Ancha paytdan beri qozonliklar bilan do'stona aloqa bor edi. Moskvada bo'lganimda 7 dekabr kuni “Lokomotiv” - “Rubin” uchrashuvini stadiondan bevosita tomosha qildim. O'yindan bir kun oldin Berdiev bilan ko'rishib fikrlar almashdik. Legionerlar borasida gaplashdik.

Masalan, yangi mavsumda jamoamizga “Rubin”dan ham legionerlar taklif etishimiz mumkin. Yoki bizdagi iqtidorli o'yinchilarni ularga tavsiya etishimiz mumkin. “Rubin”da bugungi kunda andijonlik futbolchi Vagiz Galiulin o'ynashini hamma yaxshi biladi. Berdiev bilan u haqida ham gaplashdik. SHuningdek, “Andijon”da qilinayotgan ishlar va tarbiyalanayotgan yoshlar to'g'risida ham suhbatlashdik. Bir so'z bilan aytganda Moskvaga qilgan safarim besamar ketmadi.

SHuningdek, “Andijon” bosh murabbiyi yangi mavsumga tayyorgarlik rejalari haqida ham aytib o'tdi:
- Mavsumga tayyorgarlikni 18 dekabr kuni boshlaymiz. Bu yig'in futbolchilar uchun tiklanish jarayoni bo'ladi. Dastlabki yig'inimiz Andijonda 29 yo 30 dekabrga qadar davom etadi. Ushbu yig'in chog'ida ob-havoga qarab bir yoki ikkita nazorat o'yini o'tkazishni ham rejalashtirganmiz. SHundan so'ng Yangi yil bayrami munosabati bilan futbolchilarga qisqa muddatli dam beramiz. Yanvar oyidan esa tayyorgarlikka astoydil kirishamiz. Yanvarning dastlabki haftalarida Toshkentga borib yig'in boshlaymiz. Poytaxtdagi birinchi yig'inda etiborni jismoniy tayyorgarlikni oshirishga qaratamiz. SHuning uchun bir hafta tog'li xududlarda shug'ullanishimiz ham mumkin. Yanvar va fevral oyidagi yig'inlarimizning barchasi Toshkentda o'tadi deb o'ylayman. CHunki qishda mashg'ulotlar o'tkazish uchun poytaxtda yaxshi sharoitlar bor. Va eng asosiysi sparring-raqiblar topish uchun eng yaxshi joy Toshkentdir. Andijonda shug'ullansak o'ynash uchun munosib raqiblar topishimiz mushkul bo'ladi. Yanvar oyida asosiy etiborni mashg'ulotlarga qaratsak, fevralda PFL Kubogi turnirida qatnashamiz. Bundan tashqari nazorat o'yinlarida maydonga tushib futbolchilarni sinovdan o'tkazamiz. Mana shu o'yinlar orqali tarkibni shakllantirib olamiz.

Jamoamiz ustozi shu bilan birga tarkibda ro'y berishi mumkin bo'lgan o'zgarishlar to'g'risida ham to'xtalib o'tdi:
- Albatta, oliy ligaga chiqqanimizdan keyin jamoada shunga yarasha raqobat bo'lishi kerak. Bu yil birinchi ligada jamoamiz negizining 90 foizini mahalliy o'yinchilar tashkil etdi. Bizning asosiy maqsadimiz ham mahalliy kadrlarga ishonch bildirish. Qolaversa, bu yil boshqa klublarda to'p surgan andijonliklar futbolchilarni ham jamoaga qaytarishni maqsad qilganmiz. Misol uchun, “Guliston”da o'ynagan Bobur Akbarov va mavsumni “SHo'rtan”da o'tkazgan Ibrohim Otaxonov hamda yana boshqa andijonliklarni jamoaga qaytarmoqchimiz. Boisi o'zining shahri va viloyati sharafini himoya qilish har qanday futbolchi uchun farxdir. Jamoada raqobatni oshirish uchun barcha chiziqlarga etakchi ijrochilarni jalb etishimiz kerak bo'ladi. Birinchi navbatda himoya chizig'ini kuchaytirishimiz kerak. Bu chiziqqa mahoratli o'yinchilarni jalb etishga harakat qilamiz. SHu bilan birga jamoaga yaxshi saviyadagi darvozabon ham taklif etmoqchimiz. Qolaversa, yarim himoya va hujum chiziqlariga legionerlarni taklif etishni o'ylab turibmiz.

Albatta, selekciya ishlariga etibor qaratgan holda futbolchilar bilan muzokaralar olib borilyapti. Masalan, darvozabon Pavel Bugalo bilan aloqaga chiqqanmiz. U mahoratli darvozabon. O'ylaymanki, Baguloning katta tajribasi jamoaga foyda keltiradi. SHu o'rinda bu yil ijara asosisda jamoamiz sharafini himoya qilgan yosh posbon Sergey Smorodinni olib qolishimizni ham aytib o'tmoqchiman. U iqtidorli darvozabon va joriy mavsumda o'zini ko'rsatishga harakat qildi. Tajribali darvozabon yonida Smorodin mahoratini yanada oshirish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bundan tashqari yana bir qator o'yinchilar bilan ham muzokaralar ketmoqda. SHuningdek, biz bu yil birinchi ligada o'zini ko'rsatgan boshqa jamoalardagi o'yinchilarga ham etibor qaratib sinovdan o'tkazishni rejalashtirganmiz. Birinchi ligada ham o'yini bizga yoqqan futbolchilar bo'ldi. Ammo shuni aytish joizki, birinchi navbatda futbolchilar bilan hisob-kitob ishlarini nihoyasiga etkazishimiz kerak. Joriy mavsumda futbolchilar o'z oldiga qo'ygan vazifani bajarishdi. Yangi mavsumga tayyorgarlik boshlashdan oldin bu juda ham muhimdir. Ishonamanki, klubimiz homiylari va mutasaddilari bu masalani tez kunlarda hal etishadi.

Yangi o'yinchilar bilan muzokaralar olib borish uchun albatta moliyaviy tomondan muammolar bo'lmasligi lozim. SHuning uchun mavsumga tayyorgarlik boshlanganda homiylarimiz bizga har taraflama yordam berishlariga ishonamiz. Va albatta bu borada qiyinchiliklarga duch kelmaymiz.


B.TURSUNOV. 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика