Azam Aliev: "Uchrashuv juda vaqtli boshlandi"
22 may 2016 11:31
Yangiliklar
Azam Aliev: "Uchrashuv juda vaqtli boshlandi"
"Qo'qon-1912" - "Navbahor" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar yarim himoyachisi Azam Aliev o'z fikrlarini bildirdi.
"Yutishga harakat qildik. Vaziyatlar yaratdik, ammo ulardan foydalana olmadik. CHempionat o'yinlarida muxlislarimizni xursand qilishga urinamiz. Ob-havo ham juda issiq bo'ldi. O'yinni 16:30dan kechroq boshlansa yaxshiroq bo'lardi. Sardor Azimov mana shu issiqda o'zini yomon his qildi va murabbiylar majburiy almashtirishni amalga oshirishdi", - deydi Azam Aliev.
"Navbahor" matbuot xizmati
"Navbahor" matbuot xizmati
Fikrlar