Ayyu koronavirusga chalindi
19 okt 2020 00:57
Yangiliklar


Ayyu koronavirusga chalindi
"Kristal Pelas" hujumchisi Jordan Ayyu koronavirus infekciyasi bilan zararlandi. Gana terma jamoasining yig'inidan qaytgan futbolchi testlar ijobiy natija bergani bois APL 5-turi doirasidagi "Brayton" (1:1) bilan o'yinni o'tkazib yubordi.
"Afsuski, koronavirus uchun topshirgan testim ijobiy natija berdi. O'zimni o'zim yakkaladim. Hozir o'zimni yaxshi his qilyapman, alomatlar yo'q.
Yigitlarni uydan qo'llab-quvvatlayman va tezroq maydonga qaytishni kutaman. O'zingizni asrang", — deb yozdi Ayyu o'zining tvitterdagi sahifasiga.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar