Ayubxon Gapparov: "Amaliyot menga puldan muhim va shu bois Rossiyadan qaytdim"
27 noy 2013 07:45
Yangiliklar

Ayubxon Gapparov: "Amaliyot menga puldan muhim va shu bois Rossiyadan qaytdim"
Ko'pchilik uchun bu yildan boshlab tanish bo'la boshlagan futbolchi bu "Navbahor" sharafini ikkinchi davradan boshlab himoya qilib kelayotgan hujumchi Ayubxon Gapparov bo'ladi.
Biz yoshlar o'rtasida birinchi marta tashkil etilayotgan va Ummonda bo'lib o'tishi kutilayotgan Osiyo chempionati borasida futbolchi bilan suhbatlashdik.
Ayubxon Gapparov. "Navbahor"
Hujumchi. 1992 yil 16 may.
Mavsumdagi statistikasi. 9 ta uchrashuv, 471 daqiqa, 4 ta gol
- Ayubxon birinchi bo'lib sizdan suhbatimiz bosh mavzusi Ummonda bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi (U-22) Osiyo chempionati borasida suhbatlashsak. Birinchi marta bo'lib o'tadigan va siz nomzod sifatida ko'rsatilayotgan ushbu chempionat borasida fikrlaringiz qanday?
Mening fikrim bitta va bu ham bo'lsa biz bu chempionatda favoritmiz. Imkoniyatimiz hech bir jamoadan kam emas va bu borada yaxshiroq imkoniyatga egamiz. Men ushbu yoshdagi barcha terma jamoaga nomzod futbolchilar imkoniyatlarini juda yaxshi bilaman. Ular bilan munosabatlarimiz ham yaxshi. Garchi o'tgan yillar davomida Rossiyada harakat qilib kelgan bo'lsamda , tengdoshlarim va bu jamoa azolari bilan yaqindan munosabat o'rnatib kelganman.
- Siz avval ham bu yoshdagi terma jamoa bilan birga bo'lgansiz. Bu borada muxlislarga ham aytib o'tsangiz?
Albatta men avval ham aynan mana shu yoshdagi futbolchilar bilan terma jamoa safida harakat qilganman. Bu borada ko'pchilikning xabari yo'q. Esingizda bo'lsa Eronda 2008-yilda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatiga chiqish uchun saralash bahslarida men ishtirok etgan edim. O'shanda Marat Kabaev jamoasi bilan birga men ham mana shu terma jamoada edim. Saralash bahslarida ishtirok etdim lekin 2009 yilda Xitoyda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatiga 3-4 kun qolganda u erga borishim uchun viza bilan bog'liq muommolar kelib chiqdi va Osiyo chempionatida ishtirok eta olmadim. Juda ham xafa bo'lganman. SHunday so'ng Rossiyada o'z tajribamni oshirish uchun u erga bordim.
- Albatta bu tushunarli. Bitta narsa bizni qiziqtirmoqda. Siz Rossiyada vaqtingiz nima uchun aynan mana shu terma jamoani Nepaldagi saralash bahslarida ishtirok etmadingiz? Yoki taklif bo'lmagan edimi ?
Meni ham aynan mana shu terma jamoa uchun Rossiyada vaqtim taklif etgan edi , lekin mendagi muommolar tufayli bu terma jamoani saralash bahslarida jamoaga yordam bera olmadim. Ayni shu vaqtda qattiq jarohat oldim va malum muddatga maydonga qayta olmagan edim. SHunga qaramay tengdoshlarim imkoniyatdan foydalandi va saralashdan muvaffaqiyatli o'tdi.
- O'ylashimcha sizning bu terma jamoaning Nepaldagi ishtirokidan xabaringiz yo'qdek. Garchi saralashdan o'ta olgan bo'lsa ham Hindistonni yordami bilan guruhdan qiyinchilik bilan chiqqandi.?
To'g'ri bu borada aniq fikr ayta olishim qiyin . Negaki ayni shu vaqtda men bu saralashni hech bir o'yinini kuzata olmadim. SHunga qaramay O'zbekistonga qaytganimdan so'ng ko'rib chiqib shunga amin bo'ldimki bu terma jamoa juda tezlikda yig'ilgan va hech qanday shakllanmagan terma jamoa ekan. Jamoada har qancha mahoratli futbolchi bo'lsa ham, ular bir-birini tushunmasa buni jamoa deb bo'lmaydi. Qisqa muddatda yig'ilgan va shakllangan jamoani Osiyo chempionatiga har qanday holatda ham yo'l olishini men ijobiy deb baholayman.
- Bu terma jamoada bir necha Oliy ligada muntazam harakat qilib muvaffaqiyatga erishayotgan futbolchilar bor. Raqobat borasida hujum chizig'i boshqalarga qaraganda yuqoriroqdir?
1991 va 1992 yilda tug'ilgan yoshlardan iborat terma jamoadagi barcha hujumchilar imkoniyatini yaxshi bilaman. Mana shu terma jamoada ham aynan hujum yaxshiroq deya olaman. Jumladan Temurxo'ja Abduxoliqov bilan terma jamoalarda birga bo'lganmiz va yuqori texnikali futbolchi. Undan tashqari mana yarim mavsumdan buyon "Navbahor"da o'ynayotgan bo'lsam ham Akrom Bahriddinov bilan yaqin munosabatdamiz. Hullas bu yoshdagi terma jamoada raqobat kuchli va eng munosiblar terma jamoada to'p suradi deb o'ylayman. Eng asosiysi hamma futbolchi imkoniyati boricha to'la kuch bilan harakat qilib munosibligi isbotlashga harakat qiladi. Bu esa faqat terma jamoani saviyasini oshishiga olib keladi.
- Endi esa bevosita siz harakat qilayotgan "Navbahor" klubiga to'xtaladigan bo'lsak siz ushbu jamoaga ikkinchi davra kelib qo'shildingiz. Mavsum yakunlari borasida fikringiz qanday?
O'zbekiston chempionatida ushbu mavsum o'ynadim. Dastlabki hulosalarim juda yaxshi. CHempionat saviyasi anchagina o'sganligini ko'rdim. Bu erga kelishimga asosiy sabab o'yin amaliyotimni oshirish edi. Mavsumdan to'la ko'nglim to'lmagan bo'lsa ham ijobiy deb baholasam ham bo'ladi. Mavsumda to'rtta gol urdi. Bazi o'yinlarda zaxiradan maydonga tushdim, bazan asosiy tarkibda ham harakat qildim. Bitta gapni aytib o'tsam men yoshligimdan buyon "Navbahor" da to'p tepishni orzu qilar edim va bunga etdim. Juda ham havas qilar edim "Navbahor" libosini kiyishga va etdim. Hozirda "Navbahor" tarkibi asosan mahalliy yoshlardan tashkil etilmoqda va asta sekin yana ikki-uch yildan so'ng bemmalol chempionalik uchun kurasha oladigan jamoa bo'la oladi. Kamchiliklar har bir jamoada bor va bu bizni klubda ham yo'q emas. Ayniqda maydon holati talabga javob bermaydi. O'tgan mavsumda Kosonsoyda maydonga tushdik va maydon yaxshi emas. Mana yaqinda shahar markazida yangi zamonaviy stadion ishga tushadi va bu borada kamchilik yaxshilanadi deb o'ylayman.
- Menimcha sizga eng ko'p beriladigan savol bu nima uchun Rossiyadan qaytib keldingiz degan savol bo'lsa kerak. ?
Abatta dadam ham aynan qaytib kelganimdan so'ng nima uchun qaytganlim borasida so'radi. Hullas bu boradagi savollar juda ko'p bo'ladi. Futbolchi uchun eng muhimi bu amaliyot hisoblanadi va bu juda muhimdir. Men u erda legioner hisoblanib ko'p holda zaxiraga qolib ketdim. Ayniqsa jarohatdan so'ng asosiy tarkibga qaytishim juda qiyin bo'ldi. Qozon klubida esa menga imkoniyat berishi qiyin edi. Menda esa terma jamoada o'ynash istagi bor va buning uchun faqat amaliyot kerak ekanligini bildim va "Navbahor"ni tanladim. Buni xato qildim deb o'ylamayman. Bu erda doimiy amaliyotgan ega bo'lib tursam o'z o'yinim saviyasi oshib terma jamoaga kirishim ham osonlashadi deb o'ylayman. Buning uchun albatta barcha imkoniyatlarimni yakunlay olishim kerak. Amaliyot menga puldan muhim va shu bois Rossiyadan qaytdim. Bitta orzuim bor u ham bo'lsa MTJ libosida maydonga tushib yurtimiz sharfini himoya qilishdir. Imkoniyatim boricha bunga harakat qilaman.
- Garchi ikkinchi davra jamoa safiga kelib qo'shilgan bo'lsangiz ham klub muhlislari va rahbariyatida ijobiy taassurot qoldira oldingiz deya olamiz. Bundan so'ng sizga boshqa jamoalardan ham takliflar bo'ldimi yoki navbatdagi rejalar qanday?
"Navbahor" bilan shartnomam yakunlandi. Hozir dam olayapman va bir necha takliflar bor lekin bularni nomini sanashdan hozir foyda yo'q. Men uchun eng asosiysi amaliyot turadi. Balki Osiyo chempionatida ishtirok etsam boshqa variantlar ham kelib chiqar lekin hali hech qanday aytilishga arziydigan gap bo'lgani yo'q. Yangilik bo'lsa sizlarga albatta xabar beraman. "Navbahor" muxlislariga ham jamoamizni tinimsiz qo'llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildiraman. Bunday muxlislar bilan faqat chempionlik uchun kurashish kerak.
Humoyun Davurov suhbatlashdi

Fikrlar