So’nggi yangiliklar

16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  3 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  1 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  8 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  2 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  6 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0

Ayollar futzali: So'nggi tur o'yinlari boshlandi. “Metallurg” – AGMK – 28:2 Yangiliklar

Ayollar futzali: So'nggi tur o'yinlari boshlandi. “Metallurg” – AGMK – 28:2

Uch turdan iborat ayollar futzal chempionatining uchinchi tur doirasidagi dastlabki kungi o'yinlar bo'lib o'tdi.

Atigi besh jamoa ishtirok etayotgan musobaqada birorta ham ochko yo'qotmagan Qarshining “Sevinch” jamoasi hamon peshqadamlik qilmoqda. Vladislav Xan shogirdlari bugun “Paxtakor” jamoasiga qarshi maydonga tushdi va yirik hisobda g'alaba qozondi.

Ikkinchi juftlikni “Metallurg” hamda AGMK jamoalari tashkil etishdi. Asosiy tarkibi bilan katta futbol mavsumiga jiddiy tayyorgarlki ko'rayotgan olmaliqliklar futzal musobaqasida asosan yosh qizlarini sinovdan o'tkazishni maqsad qilishgan. SHundan kelib chiqib, AGMK turnir autsayderi bo'lib turibdi – uchinchi tur o'tib boryaptiki, hali biron ochko ololgani yo'q. “Metallurg” uchala turda ham AGMKni o'ta yirik hisoblarda engishning uddasidan chiqishdi.  Birinchi turda javobsiz 27ta gol urgan bo'lsa, ikinchi turda gollari soni 18tada to'xtadi. Uchinchi turga kelib esa raqiblar ham “futzal o'ynashni” o'zlashtirgan ko'rinadi, bekoboliklar darvozasi tomon ikkita to'p kirita olishdi. Biroq o'z darvozalaridan 28ta to'p o'tkazib yuborishdi.

Mazkur turning qiziqarli uchrashuvi so'nggi kunda – 20 martda o'tkazilishi belgilangan. Musobaqa yopilishi oldidan maydonda “Sevinch” hamda “Metallurg” jamoalari o'zaro kuch sinashishadi.

3-tur. 16 mart
“Sevinch” – “Paxtakor” – 10:2
“Metallurg” – AGMK – 28:2

17 mart
“Lokomotiv” – “Metallurg”
AGMK – “Sevinch”

18 mart
“Lokomotiv” – “Sevinch”
“Paxtakor” – AGMK

19 mart

“Metallurg” – “Paxtakor”
“Lokomotiv” – AGMK

20 mart

“Lokomotiv” – “Paxtakor”
“Metallurg” - “Sevinch”

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика