So’nggi yangiliklar

09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  3 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  2 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  7 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2

Ayollar futzali: AGMK 3ta o'yinda 51ta gol o'tkazdi Yangiliklar

Ayollar futzali: AGMK 3ta o'yinda 51ta gol o'tkazdi

Ayollar futzali bo'yicha poytaxtda davom etayotgan mamlakat chempionatining uchinchi kun o'yinlari nihoyasiga etdi.

Uch tur yakuniga ko'ra barcha raqiblarini yirik hisoblarda enggan Qarshining “Sevinch” jamoasi yuz foizli natija bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilyapti. “Metallurg” jamoasi ham yuz foizli natija qayd etgan, biroq bekobodliklar bugun dam olishgani uchun jadvalda ikkinchi o'rindan joy olib turibdi.

Muxlislar uchun bugungi qiziqarli o'yinlardan biri “Paxtakor” va AGMK o'rtasida kechishi kutilgandi. Sababi, har ikkalasi ham “Sevinch” va “Metallurg”dan mag'lubiyatga uchragandi, o'zaro o'yinda kimning nimalarga qodirligini aniqlash mumkin edi. Biroq “Paxtakor” raqibiga nisbatan kuchliroq ekanligi uchrashuv davomida ham, hisobda ham o'z aksini topdi. Rustam Oripov, No'mon Nurmatov kabi yaqin o'tmishning usta futbolchilari ustozlik qilayotgan “Paxtakor” olmaliqlik raqibalariga hech qanday imkonyait qoldirmadi.

AGMK uchala o'yinda ham darvozasidan o'ndan ziyod to'plar o'tkazib yubordi. Maydonda hali tajriba orttirib ulgurmagan, 15-16 yoshli qizlarning to'p tepishlarini kuzatgan muxlis AGMKni “qoloqlikda” ayblashi dargumon. Ammo jamoa AGMKning o'rinbosarlar guruhi ekanligi, asosiy tarkib futbolchilari Ilhom Xanjariev bosh murabbiyligida katta mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko'rayotganini inobatga olsak, futzalchi qizlarning har qanday natijalarini olqishlar bilan kuzatishiga shubha qolmaydi.

Turning asosiy o'yini ertaga bo'lib o'tadi. CHempionlikka bosh davogar ikki klub – “Sevinch” va “Metallurg” o'zaro kuch sinashishadi. O'yin “Yoshlik” sport majmuasida soat 10.30da boshlanadi.

17 fevral
“Lokomotiv” – “Sevinch” – 1:6
“Paxtakor” – AGMK – 11:2
3-turdan keyingi vaziyat:


#

Jamoa

O'

YU

D

M

T-N

O

1

Sevinch

3

3

0

0

38-4

9

2

Metallurg

2

2

0

0

24-1

6

3

Paxtakor

2

1

0

1

13-12

3

4

Lokomotiv

2

0

0

2

2-12

0

5

AGMK

3

0

0

3

3-51

0

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика