So’nggi yangiliklar

19:23"Арсенал" футболчиси афсонавий Райт натижасини такрорлади  0 18:57"Милан" 40 ёшли Модричга янги шартнома таклиф қилади  1 18:33Трансфер интригаси: "Манчестер Юнайтед" собиқ футболчисини ортга қайтармоқчи  1 18:06"Вест Хэм" бир вақтнинг ўзида 3 нафар мураббийга маош тўламоқда  0 17:40Расман: "Қўқон-1912" Нимели ва Соҳибжоновни ижарага олди  3 17:22"Машъал" 3 нафар футболчи билан битим тузди  1 16:59"Насаф"нинг бугунги рақиби – "Шаржа шаҳрининг қироллари" ҳақида  5 16:38"Манчестер Юнайтед" "Интер" ҳимоячисига қизиқмоқда  0 16:12Суперлига жамоалари стадионларида VAR тизимини жорий этиш ишлари бошланди  3 15:48Расман: "Машъал" таркибни легионер ҳимоячи билан кучайтирди  0 15:28"Навбаҳор" қозоқ жамоаси билан дуранг ўйнади  1 15:02Аббос Файзуллаев: "Бу — футбол. Бир нечта вазият яратиб ура олмайсиз, рақиб эса битта имкониятдан самара чиқариб кетади"  1 14:34"Ливерпуль" ва "Тоттенхэм" Ла Лига юлдузи учун курашади  4 14:07Ёрқин Назаров: "Каттақўрғон" Про лигада ҳар бир рақибга муносиб қаршилик кўрсатади"  4 13:49"Дўстлик" Биринчи лигага тайёргарликни давом эттирмоқда  3

Ayollar futzali: 14-chempionatda beshta jamoa qatnashadi Yangiliklar

Ayollar futzali: 14-chempionatda beshta jamoa qatnashadi

Ertaga, poytaxtdagi “Yoshlik” sport majmuasida futzal bo'yicha ayollar o'rtasidagi mamlakat chempionatiga start beriladi.

14-bor o'tkazilayotgan musobaqada beshta jamoa g'oliblik uchun kurashadigan bo'ldi. Bular – “Sevinch” (Qarshi), “Metallurg” (Bekobod), “Lokomotiv” (Toshkent), AGMK (Olmaliq) hamda “Paxtakor” (Toshkent). Aslida ishtirokchilar soni 7-8tani tashkil etishi kutilgandi, biroq so'nggi pallalarda “Buxoro” va “SHo'rtan” jamoalari turnirda qatnashmasliklarini malum qilishdi.

Uchrashuvlar taqvimi:

15 fevral
09.00          “Sevinch” – “Paxtakor”
10.30          “Metallurg” – AGMK
“Lokomotiv” jamoasi dam oladi.

16 fevral
09.00          “Lokomotiv” – “Metallurg”
10.30          AGMK – “Sevinch”
“Paxtakor” jamoasi dam oladi.

17 fevral
09.00          “Lokomotiv” – “Sevinch”
10.30          “Paxtakor” – AGMK
“Metallurg” jamoasi dam oladi.

18 fevral

10.30          “Metallurg” – “Sevinch”
12.00          “Lokomotiv” – “Paxtakor”
AGMK jamoasi dam oladi.

19 fevral
10.30          “Metallurg” – “Paxtakor”
12.00          “Lokomotiv” – AGMK
“Sevinch” jamoasi dam oladi.

Eslatib o'tamiz, ayollar o'rtasidagi futzal chempionatining oldingi 13 mavsumining barcha bosh sovrinlari “Sevinch” jamoasiga nasib etgan.

Mazkur chempionat o'yinlari shu yilning 2-12 may kunlari Tailand poytaxti Bangkokda o'tadigan ayollar futzali bo'yicha Osiyo chempionatida ishtirok etishi rejalashtirilgan terma jamoamizga nomzodlar tanlab olish imkoniyatini berishi bilan ham ahamiyatlidir. Tartib bo'yicha ikkinchi bor tashkillashtirilayotgan qita chempionatida ayollar terma jamoamizning sovrinli o'rinlardan joy olishiga etibor qaratilmoqda. 2015 yili Malayziyada bo'lib o'tgan ilk Osiyo chempionatida Avaz Maqsumov ustozligidagi terma jamoamiz guruhdan chiqa olmagandi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика