So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  2 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  0 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

Ayollar futboli. “To'maris” – “Metallurg-W”. To'liq sharh Yangiliklar

Ayollar futboli. “To'maris” – “Metallurg-W”. To'liq sharh

Mamlakat chempionatining o'tgan yilgi kumush medali sohibi -“Metallurg- W” jamoasi futbolchilari vohaga ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan toliqmagan holda kelishdi.
Vaholanki, poytaxt viloyati vakillarining o'tgan turda Navoiy shahrida  “Guli” jamoasi bilan bo'ladigan uchrashuvi malum muddatga qoldirilgandi. Buning aksi, yangibozorlik qizlar mazkur turda “Olmaliq- W” jamoasiga qarshi bahs o'tkazib, ancha kuch sarflashgandi.

SHunga qaramay birinchilik debyutanti - “To'maris” jamoasi mamlakatimizning etakchi jamoalaridan biriga munosib qarshilik ko'rsatishga urindi. Bu hol uchrashuvning dastlabki daqiqalarida ko'zga tashlandi. Biroq, tajriba o'z “so'z”ini aytmasdan qolmadi. Bekobodlik futbolchi qizlar raqibalaridan ustun ekanliklarini isbotlashdi. Qarshi hujumlarning birida, aniqrog'i 10-daqiqada mehmonlar hisobni ochishdi. Lyudmila Karachik uzatib bergan to'pni Mohigul Ikromova mezbonlar darvozasiga yo'lladi. SHundan keyin, 97 raqamda harakat qilgan Nodira Mo'ydinova qatorasiga ikki marta hisobni oshirish imkoniyatini yo'qqa chiqardi. Bo'lim o'rtalariga kelib, o'yin surati biroz tenglashdi. Maydon egalarining astoydil intilishlari evaziga mehmonlar darvozasi oldida ham xavfli vaziyatlar sodir etildi. Nasiba Tursunova va SHahzoda Ermetovalar uyushtirgan kombinaciyani mehmonlar darvozaboni Alina Demyanenko bartaraf etdi. Bo'lim yakunlanishiga o'n ikki daqiqa qolganida chempionat to'purari Lyudmila Karachik oradagi muvozanatni oshirdi.

Ikkinchi bo'lim o'rtalariga qadar Toshkent viloyati jamoasi faolroq harakat qildi. SHu jihatdan ular hisobni yanada yirik ko'rinishga keltirishdi. Etiborlisi, “Metallurg- W”ning navbatdagi to'rtta goliga Lyudmila muallif bo'ldi. Umuman, bu futbolchi ushbu o'yinda beshta to'p kiritib, o'zining hujumchilik qobiliyatini yana bir bora tasdiqladi. Kezi kelganda takidlash joizki, uning chempionat davomida kiritgan to'plari soni esa 4 uchrashuvda 17 taga etdi.
Uchrashuv yakunida mezbonlar hisobdagi farqni bir to'pga qisqartishga erishishdi. Yangibozorliklarning qarshi hujumlaridan birida mehmonlar himoyachisi Nasiba Hojieva o'z jarima maydonchasi ichida to'pni qo'li bilan o'ynadi. Maydondagi hakam Jasur Qudratov hech ikkilanmasdan 11-metrlik nuqtani ko'rsatdi. Bu haqli qaror edi. O'z navbatida Nasiba Tursunova qulay imkoniyatni boy bermadi. U tepgan to'p Gulandon Boymatova qo'riqlayotgan darvozaning o'ng tomondagi pastki burchagidan qo'nim topdi. Ushbu kiritilgan to'pning ahamiyatli jihati shundaki, bu yangi mavsumda “Metallurg–W” jamoasi darvozasidan o'rin olgan dastlabki gol edi.

Olimboy Davletov (“To'maris” jamoasi bosh murabbiyi): - “Metallurg–W” jamoasi mamlakatimizning kuchli jamoalari sirasiga kiradi. Bekobodlik qizlar keyingi ikki mavsumda bejizga chempionatning bronza va kumush medallarini qo'lga kiritishmagan. Umuman olganda, shogirdlarimning harakatlaridan qoniqish hosil qildim. Tajribali jamoaga qarshi o'tkazgan uchrashuvimiz bizga tom manoda mahorat maktabi vazifasini o'tadi. Nasib qilsa, keyingi o'yinlarda chiroyli o'yinlarimiz bilan muxlislarimizni quvontiramiz, degan umiddamiz.

SHerali Boboqulov(“Metallurg–W” jamoasi bosh murabbiyi):
- Qatorasiga to'rtinchi marta g'alaba qozondik. Bundan xursandmiz, albatta. Yashirmayman, yutuqlarimizda  hujumchimiz Lyudmila Karachikning hissasi katta bo'layotir. Aynan, uning faolligi muvaffaqiyatimizga omil vazifasini o'tamoqda. Boshqa futbolchilarimiz ham yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Mezbonlar xususida fikr bildiradigan bo'lsam, ularning harakatlari ham menda ijobiy taasssurotlar qoldirdi. Faqat, menimcha ularda tajriba biroz etishmayapti. Balkim, bu debyutantga xos kamchilikdir. Ishonchim komilki, kelgusida xorazmlik qizlar oliy liganing etakchi jamoalaridan biriga aylanadi. Bunga shubha yo'q.

5- tur. 28 may (payshanba).
“To'maris”(Yangibozor) – “Metallurg–W”(Olmaliq) -  1:6 (0:2).
Yangibozor tumani o'yingohi. 831 tomoshabin.
Hakamlar: J. Qudratov (Samarqand), J. Sarsenov (Nukus), B. Qannazarov (Nukus), A. Alimov (Urganch).
Nazoratchi: V.Beglaryan (Toshkent).
O'zAFA vakili: A. Fayziev.
Gollar: N. Tursunov (88, pen.) – M. Ikromova(10), L. Karachik(33, 60, 64, 65, 77)

“To'maris”: Sevara Abdusalamova, Gulyor Tursunboeva, Sabohat Erkinova, Rayhon Bekberganova, Dilnoza Bektemirova, Gulnora Azamova,  Barchinoy Eshmurodova(Mohinur Qo'zieva,89), Dilnoza O'tamova, Nasiba Tursunova, SHahzoda Ermatova(Saodat Qo'ldosheva,62, Muxlisa Qodirberganova,86), Gulmira Tojiboeva.
“Metallurg–W”: Alina Demyanenko(Gulandon Boymatova, 78), Nasiba Hojieva, Iroda Turdalieva, Mahfuza Turapova, Nargiza Abdurasulova(Yulduz Nabieva,73), SHodiya Tosheva, Mohigul Ikromova(Lutfiniso Hamidova,70), Lyudmila Karachik(Kamola Berdieva,78), Xolida Dadaboeva(Albina Belyalova, 71), Mavluda Munavvarova, Nodira Mo'ydinova.

Ogohlantirish: N. Hajieva(“Metallurg” 88).

Ikrom XUDOYBERGANOV
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика