So’nggi yangiliklar

16:05Суперлига. 15-16-тур учрашувларининг бошланиш вақти маълум  1 15:41"Лейпциг" Хави Симонс қайтганини эълон қилди  1 15:30Гвардиола "Челси" бош мураббийини мақтади  1 15:03"Пахтакор"да ҳеч кимга асосий таркибдан жой кафолатланмаган" — Абдулла Абдуллаев  5 14:39"Бавария" ҳужумчисини ижарага бермоқчи  1 14:10Алонсо нуфузли нашр талқинида йилнинг энг яхши мураббийи бўлди  2 13:43Иброҳим Ибрагимов: "Мақсадим – "Пахтакор" билан яхши натижалар кўрсатиш"  2 13:30Футзал. ЖЧ-1996. Бразилия "требл" қайд этди  0 13:11"Милан" собиқ футболчиси Саудия Арабистони клубига ўтди  1 12:47Тимур Кападзе: "Олимпиада вақтида биз футбол эмас, бошқа ташвишлар ҳақида кўпроқ ўйлашга мажбур бўлдик"  34 12:17Бензема "ишдан бўшатган" мураббий Аргентинага йўл олди  2 11:55"Атлетико" Хави билан келишиб олди  2 11:29"Киммих кўп йиллар давомида "Бавария" учун муҳим ўйинчи бўлиб келган"  1 11:01Кьеза "Ювентус"дан кетаётгани тасдиқланди  1 10:22Аббосбек Файзуллаев Олимпиададаги шароитлардан кўнгли тўлмаганини айтди  26

Ayollar futboli. “Sevinch” o'z muxlislarini yana sevintirdi Yangiliklar

Ayollar futboli. “Sevinch” o'z muxlislarini yana sevintirdi

Bugun Qarshi shahridagi “Geolog” stadionida XXI O'zbekiston chempionatining 18-turi markaziy uchrashuvda bu yilgi chempionatda bosh sovrin uchun asosiy davogarlar hisoblangan “Sevinch” va “Metallurg W” jamoalari bahs yuritishdi.


Ushbu uchrashuv turning markaziy uchrashuvi maqomini olganligi bois kurashlarga boy va jangovor ruhda o'tdi. SHuningdek bugungi uchrashuv natijasi chempionlik uchun loyiqligini ko'rsatib ham berardi. Jamoamiz bugungi o'yingacha 51 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilib kelayotgan bo'lsa, Bekobodning “Metallurg W” jamoasi besh ochko kam jamg'arib, ikkinchi pog'onani band etib turgan edi. Ushbu uchrashuv natijasiga ko'ra, jamoalar jadvaldagi o'rinlarini almashmasalarda, ammo jamoamizning ochko yo'qotishi bekobodlik futbolchi qizlar jamoasini chempionlikka yaqinlashtirishi mumkin edi.

Ushub uchrashuvga har qachongidan puxta tayyorgarlik ko'rib kelgan jamoalar uchrashuvni ehtiyotlik bilan boshlashdi.

Uchrashuv daqiqalari o'tgan sayin o'yindagi keskinlik ham osha boshladi. Maydonda dastlabki daqiqalardanoq ustunlikni o'z qo'liga olishga harakat qilgan jamoalar futbolchilari  maydonning har bir nuqtasida to'p uchun murosaiz kurashlarga kirishib ketishdi.  SHuni alohida takidlash kerakki, uchrashuv boshlanishidanoq kuchli yomg'ir yog'ishni boshladi. Ammo bu o'yin suratiga mutlaqo tasir ko'rsatmdi.

Uchrashuvdagi ilk xavfli hujum mehmonlar tomonidan tashkil etildi, bu xavfli vaziyatda himoyachilarimiz Lyudmila Karachikning gol urishiga imkon berishmadi.

Bugungi uchrashuvda Lyudmila Karachikni gol urishiga ikki mohir himoyachilarmiz Oliya Axmedova va Mahliyo Yusupovalar qattiq qarshilik ko'rsatishdi. Ular o'z joylarida bexato o'ynashdi. Zero, joriy mavsum to'purari hech qachon himoyachilarning xatosini “kechirmaydigan” o'yinchi hisoblanadi.

Birinchi bo'limda  vaqt o'tgan sayin jamoamiz qarshiliklariga qaramasdan mehmonlar ham xavfli hujumlar tashkil qilib turishdi.

Uchrashuvdagi hisob bari-bir jamoamiz tomonidan 33-daqiqada ochildi, mohir hujumchimiz Mahliyo Sarikovaning darvozaga yo'llagan kuchli zarbasini “Metallurg W” darvozasini qo'riqlayotgan Gulandon Boymatova qaytarishga ojizlik qildi – 1:0.

Bu goldan ruhlangan jamoamiz futbolchi qizlarining keyingi tashkil etgan hujumlari ham juda keskin tus oldi. Ammo birinchi bo'limda tashkil etilgan hujumlar golsiz yakuniga etaverdi. Darvozaga gol urishda o'yinchilarimizda aniqlik etishmadi. SHunday qilib, birinchi bo'lim jamoamizning hisobda ustunligi bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo'lim teng kurashlar ostida boshlandi. Jamoalar ketma-ket hujumlar tashkil qilishdi, ammo buni golga aylantiradigan o'yinchi topilmadi. Ayniqsa 56-daqiqada jamoamiz tomonidan tashkil qilingan hujumda gol urish uchun juda qulay qaziyat vujudga keldi, bu vaziyatda Tanzila Zarbievaning yakunlovchi zarbasi darvoza ustuni osha o'tib ketdi. Uchrashuvda borgan sari jamoamiz o'yinlari kuchayib bordi. Ular yana hujumlarga zo'r berishdi.

O'yin shunday davom etayotgan bir paytda, yani uchrashuvning 76-daqiqasida jamoamiz maydonning chap qanotidan tezkor hujum tashkil etishdi. Himoyachilarni ortda qoldirgan Mahliyo Sarikova to'pni jarima maydoni ichiga uzatib berdi. Hamisha darvoza oldida paydo bo'ladigan jamoamiz sardori Zebo Jo'raeva to'pni to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi, bu kutilmagan va kuchli zarbani yana raqibimiz darvozaboni qaytarishga qurbi etmadi va to'p darvoza to'ridan joy oldi – 2:0.

Bu gol uchrashuv taqdirini hal qilgandek edi, lekin “Metallurg W”dek kuchli jamoa hech qachon osonlik bilan taslim bo'lmasligi har doim isbot qilib kelgan. Ular hisobni barqarorlashtirish uchun bor kuchlari bilan oldinga tashlanishdi.

Albatta jamoamiz futbolchilarining  o'z oldilariga qo'yilgan vazifani ado etishlari uchun bor kuch va mahoratlarini ishga solishlari shart edi. SHudan kelib chiqib, qolgan daqiqalarda ham futbolchilarimiz aslo bo'shashmadi. Lekin mehmonlarning endi katta bosim bilan oldinga o'tishlari futbolchilarimizni ko'proq himoyada harakatlanishiga majbur qildi. Ayniqsa Lyudmila Karachikning maydondagi harakatlari tomoshabinlarda yaxshi taasurot qoldirdi, ushbu to'purar futbolchi nafaqat gol urishda, balki o'zining chiroyli uzatmalari bilan jamodoshlarini to'p bilan taminlashdagi mahoratini ham namoyish qildi. Uning kutilmagan vaziyatlarda va aniq uzatmalari xavfli ko'rinish oldi. Ammo mohir himoyachi qizlarimiz uni  bugun  gol urishiga umuman imkon berishmadi.

Uchrashuv asosiy vaqti yakuniga etgan bir paytda mehmonlar gol urishga erishishdi. Butun jamoa bo'lib himoyalangan futbolchilarimiz, mehmonlarning yana bir tajribali o'yinchisi Nargiza Abdurasulovani qarovsiz qoldirishdi, bu imkoniyatni qo'ldan chiqarmagan katta tajriba sohibasi N.Abdirasulova  mavsumdagi 15-golini Olga Kaxarova qo'riqlayotgan darvozaga kiritishga erishdi – 2:1.

Uchrashuv ana shu hisobda yakunlandi. SHunday qilib jamoamiz markaziy uchrashuvda yana g'alabani nishonladi. Jamomiz o'tgan 18 uchrashuvning barchasida g'alaba qozondi va o'z ochkolari sonini 54taga etkazib oldi, turnir jadvalida taqib qilib kelayotgan bugungi raqibimizdan 8 ochko o'zib ketdi. “Sevinch” o'z muxlislarini yana sevintirdi!

XXI O'zbekiston chempionati, 18-tur

“Sevinch” (Qarshi) – “Metallurg W” (Bekobod) 2:1

Qarshi sh., “Geolog” stadioni, 11.10.2015. 16:00da

Gol: Mahliyo Sarikova, 33-1:0, Zebo Jo'raeva, 76-2:0 – Nargiza Abdurasulova, 90-2:1.

Bosh hakam:  Jaloliddin Xusnitdinov  (Toshkent).

Qanot hakamlari:  Aleksandr Burov (Buxoro),  Sergey Sirazov (Toshkent vil.)

Zaxira hakami: Zilola  Rahmatova (Qarshi).

Nazoratchi: Timur Abdullaev(Toshkent).

O'xAFA vakili: Elmira G'ulomova.

“Sevinch”: 1. Olga Kaxarova, 5.Mahliyo Yusupova, 25. Zumrat Nazarova, 3.Oliya Axmedova, 4. Saida Xandamova, 7. Feruza Turdiboeva, 17. Tanzila Zarbieva, 9.Mahliyo Sarikova, 18. Kamola Risqieva, 19. Mariya Moiseeva(23.Nilufar Qudratova 64), 10. Zebo Jo'raeva (s).

Zaxira: 16.Matluba Abdirasulova, 12. Laylo Tilavova, , 15. Fayoza Samandarova, 11. SHaxzoda Jamolova, 2.Angelina Polyushkevich, 77.Kunnosa Netroyaj.

“Metallurg W”: 1. Gulandon Boymatova, 4.Nasiba Xojieva (3.Yulduz Nabieva 74), 6.Iroda Turdalieva, 8. Nargiza Abdurasulova, 9.SHodiya Tosheva, 11.Dildora Nozimova, 13.Albina Belalova (s), 17. Lyudmila Karachik, 21. Xolida Dadaboeva, 22. Mavluda Munavvarova(7.Mahfuza Turapova 72), 77. Nozima Kamoltoeva.

Zaxira: 30.Alina Demyanenko,  15.Mahliyo Abdurashidova, 19. Nozima Ergasheva

20. Kamola Berdieva, 99. Lutfiniso Xamidova.

Ogohlantirish: Zebo Jo'raeva 31, Nargiza Abdurasulova 82, Albina Belalova 82.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика