So’nggi yangiliklar

23:59Неймар жароҳатидан тикланиши ҳақида: "Барчасини ташлаб юборгим келади"  0 23:23"Барселона" президентлигига собиқ даъвогар: "Лапорта ёлғон гапирди"  1 22:58Конференциялар лигаси. "Астана" ва "Ордабаси" навбатдаги босқичда!  2 22:19Анчелотти - Роналду ҳақида: "У билан барчаси осон"  1 21:55"Фенербахче" "Фиорентина" футболчисини 10 млн еврога сотиб олмоқчи  1 21:33"Интер"нинг собиқ эгалари Португалия клубини сотиб олмоқчи  0 21:02Арнаутович ҳам Фабрегаснинг шогирдига айланиши мумкин  1 20:40"Челси" Лукаку борасида АПЛ клуби билан келишиб олди  3 20:18"Локомотив" янги футболчиларни таништирди ГАЛЕРЕЯ  0 20:00"Ньюкасл" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 19:38Расман: Килиан Мбаппе Европадаги энг ёш президентга айланди  2 19:18"Агар сенда "Милан" варианти бўлса, ўйлаб ўтирма!"  0 18:50Расман: Фёдор Чалов — ПАОК футболчиси!  2 18:34Расман: Страхиня Павлович — "Милан" футболчиси  1 18:08"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Камолов Жалолиддин  0

Ayollar futboli. “Sevinch” o'z maydonida “Andijanka” jamoasini mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

Ayollar futboli. “Sevinch” o'z maydonida “Andijanka” jamoasini mag'lubiyatga uchratdi

Bugun “Sevinch” jamoasi XXI O'zbekiston chempionati qoldirilgan 10-tur uchrashuvini Andijon shahrining “Andijanka” jamoasiga qarshi o'tkazdi.
Uchrashuv mehmonlarning tashabbusi bilan boshlandi. Ular o'yin boshidanoq ustunlikni qzlga kiritish uchun harakat qilishdi. Ammo bu uzoqqa cho'zilmadi.

“Andijanka” jamoasi  futbolchilari uchrashuv 4-daqiqasida xavfli hujum tashkil qilishdi, jamoadoshlari Safina Rushaniyaga qo'lay tarzda to'pni etkazib berishdi, Rushaniya darvozabonimiz bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, bu vaziyatda Olga Kaxarova yaxshi o'yin ko'rsatib, qo'riqlayotgan darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.

18-daqiqada hujumchimiz Zebo Jo'raevani jarima maydoni ichida himoyachilar to'xtatib qolishdi, hakam ikkilanmasdan 11 metrlik jarima nuqtasini ko'rsatdi. Jarimani Feruza Turdiboeva bexato amalga oshirib, oradagi hisobni ochdi -1:0.

Oradan uch daqiqa o'tib, o'yindagi hisob yana  o'zgardi, jamoadoshlari oldinda borayotgan Zebo Jo'raevani to'p bilan taminlashdi, Jo'raeva chamasi 25 metrlardan havodan darvozani nishonga oldi, biroz oldinga chiqib ketgan Hurmatoy Raxmatullaeva baland sakragai bilan to'pga eta olmadi -2:0.

Uchrashuvdagi uchinchi golni ham Zebo Jo'raeva kiritdi, u o'ziga o'ziga oshirib berilgan to'pni boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi, bu vaziyatda ham mehmonlar darvozaboni xatgao yo'l qo'ygan edi – 3:0.

SHundan so'ng jamoamiz tomonidan tashkil etilgan hujumlarda oxirgi nuqtani qo'yadigan o'yinchilar topilmadi.

Aksincha jamoamiz 43-daqiqada o'z darvozasidan gol o'tkazib yubordi. Mehmonlarning navbatdagi hujumida himoyachilarimiz qo'pol xatoga yo'l qo'yishdi, Rushaniya Safina bu vaziyatdan unumli foydalanib, jarima maydoni tashqarisidan darvozaga zarba berdi va oradagi hisobni qisqartirishga erishdi – 3:1.

Birinchi bo'lim ana shu hisobda yakunlandi.

Ikkinchi bo'lim ham “Andijanka” jamoasi ustunligida boshlandi, Orif Mamatkazin shogirdlari tanaffus payti o'z ustozlaridan kerakli ko'rsatmalarni oldi shekilli, ular hujumga zo'r berishdi. Natijada darvozamiz oldida ketma-ket xavfli vaziyatlar tashkil etildi, mehmonlarda hisobni qisqartirishda bir necha vaziyatlar vujudga keldi, ammo ular gol urishni uddalay olishmadi.

SHundan so'ng maydonda muvozanat barqarorlashdi, uchrashuv  teng kurashlar ostida davom etdi.

Uchrashuvning 82-daqiqasiga kelib, oradagi hisob yirik ko'rinish oldi, maydonning chap qanotidan boshlangan hujumni Zumrat Nazarova gol bilan yakunladi, u darvozani o'ng tomonidan o'tkir burchagiga aniq zarba berib, to'pni darvozaga joylab qo'ydi 4:1.

Bu hisobni o'zgarishi uzoq kuttirmadi, jamoamiz oradan uch daqiqa o'tib, 85-daqiqada o'z darvozasidan gol o'tkazib yubordi, ushbu golga Gulnora Davronova mualliflik qildi – 4:2.

SHundan so'ng maydonda yana vaziyat barqarorlashdi, jamoalar tomonidan tashkil etilgan hujumlarda darvozalarga gollar kiritilmadi. Uchrashuv jamoamiz g'alabasi bilan yakunlandi.

SHunday qilib, “Sevinch” jamoasi XXI O'zbekiston chempionatining birinchi davrasi barcha 11 uchrashuvida ham g'alaba qozonib, 33 ochkoga ega bo'ldi va muchobaqa jadvalini peshqadamligini saqlab qoldi.

Jamoamiz endi tanaffusga chiqadi. Navbatdagi uchrashuv O'zbekiston Kubogi bahsida bo'ladi. Jamoamiz 15 avgust kuni Xorazmning “To'maris” jamoasini qabul qiladi.

XXI O'zbekiston chempionati 10-tur

“Sevinch” (Qarshi) – “Andijanka” (Andijon) 4:2

Qarshi sh., “Geolog” stadioni, 05.07.2015 y. 18:00da

Gol: Feruza Turdiboeva (pen), 20-1:0, Zebo Jo'raeva, 23-2:0, Zebo Jo'raeva, 27-3:0, Zumrat Nazarova, 82-4:1  – Rushaniya Safina, 43-3:1, Gulnora Davronova, 85-4:2.

Bosh hakam: Nodir Boltaev (Navoiy)

Qanot hakamlari: Kristina Sereda (Buxoro), Fuzuliy Xayrullaev (Buxoro)

Zaxira hakami:  Zilola Rahmatova (Qarshi)

Nazoratchi:  Toxir Toshmuxammedov (Toshkent).

O'zAFA vakili: Alisher Fayziev

“Sevinch”: 1.Olga Kaxarova, 5.Mahliyo Yusupova, 25. Zumrat Nazarova, 11. SHaxzoda Jamolova, 18. Kamola Risqieva, 4. Saida Xandamova, 7. Feruza Turdiboeva, 23.Nilufar Qudratova (9. Mahliyo Sarikova 58), 17. Tanzila Zarbieva (77.Maftuna SHoyimova 61), 19. Mariya Moiseeva (2. SHoxida Tojiddinova 64), 10. Zebo Jo'raeva (s).

Zaxiradagilar: 16. Matluba Abdirasulova, 3. Laylo Tilavova, 15. Fayoza Samandarova.

“Andijanka”:  1.Hurmatoy Rahmatullaeva, 3.Natasha Mixaelova (, 18.Dilafro'z Xo'jaeva 86),  4.Ug'iloy Qo'chqarova, 6.Mohira Jo'raboeva, 9.Gulxayo Mannoboeva, 10.Ziyodaxon To'lanboeva (8.Nazokat Mamatisoqova 80), 13.Mariya Sobirova (7.Ro'zixon Asqarova 30), 14.Elena Lagutina, 17.Oyguloy Yaqubova (s), 20.Gulnora Davronova, 21.Rushaniya Safina.

Zaxiradagilar: 12.Kumushoy G'ulomova,  44.Gulirano Xasanova.

Ogohlantirish: Zumrat Nazarova 46, Saida Xandamova  79.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика