So’nggi yangiliklar

23:59"Арсенал" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  5 23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  1 22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  19 22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  9 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  2 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  7

Ayollar futboli: “Qizilqum - Guli” Toshkentda durang o'ynadi Yangiliklar

Ayollar futboli: “Qizilqum - Guli” Toshkentda durang o'ynadi

O'zbekiston ayollar futbol ligasida navbatdagi tur uchrashuvlari o'tkazildi. 18-tur doirasida Navoiyning “Qizilqum - Guli” jamoasi Toshkentga safar qildi.

Mazkur o'yinda qizlarimiz poytaxtning “Lokomotiv - W” jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Toshkent viloyatining “Do'stlik”  stadionida kechgan ushbu bahsning 41-daqiqasida navoiylik Uldona To'xtaeva hisobni ochdi.

Tanaffusdan so'ng, 57-daqiqada temiryo'lchilardan Aziza Norboeva o'rtadagi muvozanatni tenglashtirdi - 1:1.

Uchrashuv davomida “Qizilqum - Guli” maydonda katta tashabbusga ega bo'ldi. Afsuski, yaratilgan vaziyatlarni golga aylantirishda ularga aniqlik va tajriba etishmadi. Natijada navoiylik qizlar naqd g'alabani qo'ldan chiqarishdi va uyga bir ochko bilan qaytishga majbur bo'ldilar.

O'n sakkizinchi turdan so'ng, navoiylik qizlar 29 ochko bilan chempionat jadvalida beshinchi pog'onani egallab turibdi. Navbatdagi turda Evgeniy Zakutilin shogirdlari  Navoiyda Muborakning “Mashal-W” jamoasiga qarshi maydonga tushadilar.

 

HAKAMLAR HUJJATIDAN KO'CHIRMA:

18-tur

12 oktyabr (dushanba)

“Lokomotiv-W” (Toshkent) - “Qizilqum-Guli” (Navoiy) - 1:1 (0:1).

Hakamlar:
Husniddin Bahodirov, Bahodir Bahromov (ikkisi ham - Toshkent), Sergey Sirazov (Toshkent vil.), Xayriniso Erkinova (Toshkent).

Nazoratchi: Toir Toshmuhamedov (Toshkent vil.)

“LOKOMOTIV-W”: 1. Ziyoda Irisboeva, 17. Durdona Baxtiyorova, 24. Zuhra Berdieva, 4. Yulduz Hamdamova, 55. Nilufar Abdullaeva (s), 27. Gulruhbegim Xo'jaeva, 50. Feruza Rahmonova, 10. Aziza Norboeva, 7. Zarina Boboeva, 22. Soliha Husniddinova, 35. Madina Abdurahimova.

Zaxiradagilar: 84. Inora O'sarova, 2. Maya Nazarova, 70. Sabrina Sobirjonova, 12. Umida To'raeva, 41. Zuhra Xoliqova, 18. Saodat Qo'ldosheva, 36. Nasiba Jo'raeva.

“QIZILQUM - GULI”: 1. Kamilla Yumangulova, 2. Selime Gugueva, 5. Diyora Rahmatova, 7. Sitora Muqimova, 10. Ilvina Ablyakimova, 11. Fazilat Bahromova, 12. Sarvinoz Rahmatova, 16. Muazzam SHaripova, 20. Uldona To'xtaeva, 21. SHahlo Qodirova, 22. SHoira Qulto'raeva.

Zaxiradagilar: 4. Anastasiya CHernova, 6. Oysanam Bozorova, 8. Marhabo Esonova, 9. Mahliyo G'afforova, 14. Bahora Qayumova, 19. Nilufar Toshpo'latova.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика