So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

Ayollar futboli. O'zbekiston kubogida hangoma Yangiliklar

Ayollar futboli. O'zbekiston kubogida hangoma

Teglar :  Ayollar futboli
19 sentyabr kuni Qo'qonda "Qo'qon-1912" - "Neftchi" jamoalari o'rtasida O'zbekiston Kubogining 1/8 final bahslari bo'lib o'tdi.

Gap shundaki, Farg'onada bo'lib o'tgan o'yinda 2:0 hisobida mezbonlar g'alaba qozongan. Javob o'yinida "Qo'qon-1912" jamoasi mehmonlar darvozasiga 2ta to'p kiritgan.

Ikki jamoa bir xil hisobda g'alaba qozonganidan keyin uchrashuv bosh hakami I.Ismoilov va nazoratchi I. Rahimovning boshi qotadi. CHunki, ayollar futbolidagi reglamentda quyidagi band bor.

2.3. CHempionat Uzbekistana sredi jenskix klubov (komand) provoditsya na osnovanii nastoyashhego Reglamenta.
2.4. Pervenstvo, Kubok, Festivali, Superkubok po futbolu sredi jenskix futbolnyx klubov (komand) Uzbekistana provodyatsya na osnovanii dopolnitelnyx polojeniy, razrabotannyx FFU i PFLUz.

Yani, kubok o'yinlari uchun qo'shimcha nizom ishlab chiqish kerak. Lekin hakamlarning qilgan murojaatiga ko'ra, qo'shimcha nizom ishlab chiqilmagani haqida javobni olishgan. Natijada o'yinga qo'shimcha daqiqalar qo'shilgan. Qo'shimcha daqiqa esa 1:1 hisobida yakuniga etgan. Bunday holda nima bo'ladi, penaltimi yoki mehmonda urilgan gol qoidasi?

Hakam o'yinni to'xtatadi, "Neftchi" g'olib sifatida ortga ketadi. Lekin uchrashuv nazoratchisi o'ylab qoladi, yana telefon... Allaqachon yo'lga chiqib bo'lgan "Neftchi" vakillariga qo'ng'iroq qilishadi va to'xtab turishni aytishadi. Ancha vaqtdan keyin yana qo'ng'iroq, ketaveringlar. Hangoma, to'g'rimi?

Biz boshqa musobaqalarni sinchiklab o'rganib chiqdik, qaerdadir safardagi gol qoidasiga amal qilishsa, yana qaerdadir penalti belgilinar ekan. Ayrim davlatlarda esa ayollar futboliga qo'shimcha daqiqa qo'shmasdan, navbat penaltilarga beriladi.

Lekin, qanday qilib PFL o'zi o'tkazyotgan musobaqaga nizom ishlab chiqmagani qiziq.

Reyting: -28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика