Ayollar futboli. Osiyo chempionatiga saralashning ikkita guruh o'yinlariga O'zbekiston mezbonlik qiladi
11 avg 2021 15:04
Yangiliklar


Ayollar futboli. Osiyo chempionatiga saralashning ikkita guruh o'yinlariga O'zbekiston mezbonlik qiladi
O'zbekiston ayollar terma jamoasi saralash uchrashuvlarini Toshkentda o'tkazadi. Saralash bosqichida Bahrom Norsafarov shogirdlari Janubiy Koreya va Mo'g'ulistonga qarshi bahs olib borishadi.
SHuningdek saralashning "G" guruhi bellashuvlari ham O'zbekistonga ko'chirildi. Bu guruhda Eron, Iordaniya va Bangladesh qizlar jamoalari o'zaro bahs olib boradi. Aslida guruh o'yinlari Bangladeshda o'tishi kerak edi, biroq OFK qarori bilan O'zbekistonga topshirildi.
Eslatib o'tamiz, Hindistonda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatida 16ta jamoa qatnashadi. Saralashdan 12ta jamoa chiqadi, ular qatorini mezbon Hindiston bilan avvalgi Osiyo Kubogining eng kuchli uchta jamoasi to'ldiradi.
Saralash uchrashuvlarini 13-25 sentyabr oralig'ida o'tkazish belgilab qo'yilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar