Ayollar futboli. "Neftchi" "Navbahor"ni mag'lub etdi
31 avg 2017 15:37
Yangiliklar
Ayollar futboli. "Neftchi" "Navbahor"ni mag'lub etdi
“Neftchi-W” jamoasi nimchorakning ilk bahsini safarda, “Navbahor”ga qarshi olib borishdi va 5:0 natijasida g'alabaga erishishdi. Bahsda “Neftchi”dan Adiba Omonova ikki marta penaltini aniq amalga oshirdi. SHuningdek SHaxnoza Karimov, Xilola Obidjonova hamda Zarxumor Nematovalar bittadan gol kiritishga erishishdi.
Bugun esa Qirgulidagi “Neftchi” SK stadionda mazkur bahsning javob uchrashuvi o'tkazildi. Qizg'in kechgan raqobat gollarga boy o'tmagan bo'lsada, vakillarimizning zafari bilan xotima topdi. 1:0. Uchrashuvdagi yagona golga Zarxumor Nematova mualliflik qildi.
“Neftchi-W” jamoasining O'zbekiston Kubogi chorak finalidagi raqibi 4 sentyabr kungi qura tashlash marosimidan so'ng malum bo'ladi. Vakillarimizga navbatdagi bosqichda ham omad tilab qolamiz!
“Neftchi” matbuot xizmati
Fikrlar