Ayollar futboli. KXDR o'smirlari - Jahon chempioni!
22 okt 2016 09:40
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/225337_original.jpg)
![](/upload/storage/225337_220.jpg)
Ayollar futboli. KXDR o'smirlari - Jahon chempioni!
Kecha Iordaniyada bo'lib o'tgan ayollar o'rtasidagi U-17 Jahon chempionati yakunlandi.
Final uchrashuvida Osiyoning ikki jamoasi KXDR va Yaponiya to'qnash kelishdi. Uchrashuvda hisob ochilmadi va g'olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda KXDR omadliroq chiqdi - 5:4.
SHu tariqa, KXDR o'smir qizlari ikkinchi marta Jahon chempioni bo'lishdi. 2008 yilda ham bu jamoa dunyoda tengsiz bo'lgandi. Yaponiya o'smirlari esa o'tgan mundialda tengsiz bo'lishgandi.
Ayollar futboli
U-17 Jahon chempionati
Final
Yaponiya - KXDR 0:0 (penaltilar seriyasi 5:6)
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar