Ayollar futboli. Farg'onada tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi
01 apr 2018 18:49
Yangiliklar
Ayollar futboli. Farg'onada tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi
Bugun Farg'onada ham chempionat o'yinlari boshlandi. Qirguli mezbonlik qilgan bellashuvda “Neftchi” Namanganning “Navbahor-Lochinlari”ni qabul qildi. Uchrashuvga ko'plab muxlislar tashrif buyurganini alohida takidlab o'tish lozimdir. Bahs boshlanishidan avval farg'onalik sanatkorlar tomonidan koncert dasturi namoyish qilindi. Ochilish marosimida Farg'ona viloyati ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish bo'limi bosh mutaxassisi Faxriddin Abdukarimov so'zga chiqib, Farg'onada ayollar o'rtasidagi chempionat bahslari boshlangani bilan barchani tabrikladi. SHundan so'ng O'zbekiston Respublikasi madxiyasi yangradi.




O'yin ham qizg'in kurashlarga boy o'tdi. Bellashuvda namanganliklar 3:0 hisobida g'alabaga erishishdi. O'yinda Aziza Norboeva dublga erishgan bo'lsa, SHahnoza Nasriddinova ham o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. “Neftchi” safidan Zarhumor Nematova penaltidan gol kirita olmadi.
“Neftchi” matbuot xizmati



O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar