So’nggi yangiliklar

21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  1 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  0 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  2 19:28"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини трансфер қилмоқчи  0 19:16Расман: Ўзбекистоннинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси "Қўқон-1912"га ўтди  1 19:00Конате Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 18:35Эшитдик-да! ЎФА Хорватия терма жамоаси собиқ устозига таклиф билан чиқди  37 18:05Топ-трансферлар вақти. "Арсенал" ва "Ливерпуль" "тезлигига" пулдан муаммоси йўқ "Ньюкасл" ҳам дош беролмаяпти   1 17:45"Истанбул Башакшеҳир" матбуот хизмати Аббос Файзуллаевнинг трансфери масаласида маълумот берди  3 17:26Украиналик мутахассис "Андижон" мураббийлар штабига қўшилди  7 17:10Расман: Болтабоев "Нефтчи"ни тарк этди  3 16:55"Сўғдиёна" ва "Бунёдкор" қирғиз клуби билан ўйнайди  0 16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0 16:06"Ливерпул"да Рэшфорд?! Катта трансферга тайёргарлик бошланди!  4

Ayollar futboli: 16 yoshlilar musobaqasida Andijon viloyati qizlari g'olib bo'lishdi Yangiliklar

Ayollar futboli: 16 yoshlilar musobaqasida Andijon viloyati qizlari g'olib bo'lishdi

Teglar :  Ayollar futboli
Avval xabar berganimizdek, 27-29 mart kunlari poytaxtning “Yoshlik” sport majmuasida O'zbekiston futbol Associaciyasining taqvim rejasiga asosan 16 yoshli qizlar o'rtasida futzal bo'yicha Respublika turniri bo'lib o'tdi.

Musobaqa qonun-qoidasiga binoan, turnir 12 va 14 yoshlilar o'rtasida ham tashkillashtirilgan edi. Samarqandda uyushtirilgan musobaqada uchta jamoa ishtirok etgan va unda maydon egalari g'olib deb topilgan. Qarshida o'tgan 14 yoshlilar turnirida esa 7 jamoa orasida qarshiliklar yakka peshqadamlik qilishdi. Va nihoyat, taqvim rejasining so'nggi turniri – 16 yoshlilar musobaqasi ham yakuniga etdi. Beshta jamoa – Toshkent, Andijon, Jizzax, Namangan viloyatlari hamda Toshkent shahar vakillari qatnashgan turnirda bosh sovrin andijonliklarga nasib etdi.

Bahodir Abdullaev ustozligidagi Andijon viloyati Xo'jaobod tumani Bolalar va o'smirlar sport maktabi (direktori SHavkat Muhitdinov) tarbiyalanuvchilari o'tgan yili viloyatda tashkil etilgan xotin-qizlar futbol musobaqasida muvaffaqiyat qozongan, biroq boshqa hech qanday turnirda ishtirok etmagan edi. O'zbekiston futbol Associaciyasining taqvim rejasiga asosan ilk bor o'tkazilayotgan mazkur turnirning dastlabki bosqichi viloyatlarda o'tishi, g'oliblari Respublika final bahslariga yo'llanma olishi ko'zda tutilgan edi. Musobaqa barcha viloyatlarda o'tdi, deyish qiyin. Ammo Andijonda tashkillashtirilgan turnirda 7ta jamoa qatnashgan, xo'jaobodliklar ushbu turnir g'olibi sifatida poytaxtga safar etgan edi.

 Andijon viloyati vakillari Toshkent shahar va viloyati jamoalarini engdi, namanganliklar bilan durang o'ynadi, jizzaxliklar esa o'yinga kechikib kelgani uchun ular ustidan texnik g'alabaga erishdi va yakunda chempion deb topildi. Ikkinchi o'rin Namangan, uchinchi o'rin esa Toshkent shahar yosh futbolchi qizlariga nasib etdi.


Uchrashuvlarda qayd etilgan natijalar:
27 mart

Toshkent sh. – Toshkent v. – 7:2
Andijon – Namangan – 5:5
Jizzax – Andijon - -:+
Toshkent v. Namangan – 5:1
28 mart
Toshkent v. – Andijon – 2:3
Jizzax – Toshkent sh. – 0:8
29 mart
Jizzax – Namangan – 0:10
Toshkent sh. – Andijon – 1:3
Toshkent v. – Jizzax – 2:1
Namangan – Toshkent sh. – 4:3.
 
Andijon – 10, namangan – 7, Toshkent viloyati jamoasi 6 ochko to'pladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика