"Ayntraxt" Gyotce bilan shartnomani uzaytirdi
03 iyu 2023 10:59
Yangiliklar
Frankfurt klubi rasmiy sayti xabariga ko'ra, Mario Gyotce 2026 yilning yoziga qadar "Ayntraxt" futbolchisi bo'lib qoladi. 30 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirishga qaror qilishdi.
Eslatib o'tamiz, Mario Gyotcening Dortmundning "Borussiya"sida etakchilik qilgan va "Bavariya"da o'tkazgan eng yaxshi yillari o'tmishda qolgan. Biroq 3 iyun kuni u Germaniya Kubogida g'alaba qozonishi mumkin, "Ayntraxt" finalda "Leypcig"ga qarshi o'ynaydi.
Eslatib o'tamiz, Mario Gyotce Argentinaga qarshi finalda qo'shimcha vaqtda gol urib, Germaniya terma jamoasiga JCH-2014 chempionligini keltirgan edi.
Fikrlar