So’nggi yangiliklar

08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  2 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  2 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  10 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  6 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  8 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  7 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  3 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3

Aybek Nurbaev: "Menga ob-havo, hakam, maydon kabi bahonalar yoqmaydi" Yangiliklar

Aybek Nurbaev: "Menga ob-havo, hakam, maydon kabi bahonalar yoqmaydi"

Pro-liga 10-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Aral" (2:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar murabbiyi Aybek Nurbaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- "Mashal" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. O'yinni ko'rdinglar, deyarli ustunlik biz tomonda edi. SHunday o'ynab turib yutqazdik. 3 kun oldin "So'g'diyona" bilan kubok musobaqasida safar o'yinini o'tkazdik. SHu bois ham tiklanish jarayonida muammolar ko'rindi.

- Ob-havo birinchi bo'limda jamoangizning o'yiniga tasir ko'rsatdimi?

- Men eng yomon ko'rganim shular, ob-havo, hakam, maydon. Har ikki jamoa shu muhitda o'ynaydi, bularning bari bahonadan boshqa narsa emas.

- Sizga suniy maydon qulaymi yoki tabiiy maydonmi?

- Albatta, barcha tabiiy maydonda o'ynayshni istaydi. Mavjud ekologik xolatdan kelib chiqib biz suniy maydonda o'ynashga majbur bo'layapmiz. Buni takrorlayverish to'g'ri emas.

- "Mashal"dan sizning jamoangizga o'tgan futbolchilar qanday taasurot qoldirmoqda?

- Bizga ular o'tgan mavsum ham yorda berishgan. Bu yil ham har bir o'yinda astoydil harakat qilishmoqda. Jamoamiz o'sib borayapti, hozir shunaqa jarayon. Ko'p yigitlar yosh, masalan ularning aksariyati 2-ligadan o'ynab chiqib kelishayapti.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика