"Ayaks"ning yosh yulduziga 4ta ingliz klubi qiziqish bildirmoqda
12 apr 2019 17:43
Yangiliklar


"Ayaks"ning yosh yulduziga 4ta ingliz klubi qiziqish bildirmoqda
"Ayaks" yarim himoyachisi David Neres faoliyatini Angliyada davom ettirish mumkin.
Malumotlarga ko'ra, unga "Arsenal" va "Everton" qiziqish bildirmoqda. 22 yoshli braziliyalikning transferi 40 mln. evroga baholanyapti. Bu ikki klub Neres transferi bo'yicha muzokara o'tkazishga ham ulugrdi.
Dortmundning "Borussiya" klubi yanvarda "Ayaks"ga taklif yubordi, ammo Gollandiya klubi Neresni sotmadi. Bundan tashqari, Neresni "CHelsi" va "Manchester Yunayted" ham kuzatmoqda.
David Neres joriy mavsum Gollandiya chempionatining 26ta uchrashuvida maydonga tushib, 8ta gol urdi va 8ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar