"Ayaks" darvozaboni Onana "Lion" taklifini rad etdi
04 avg 2021 09:48
Yangiliklar
"Ayaks" darvozaboni Onana "Lion" taklifini rad etdi
"Ayaks" darvozaboni Andre Onananing Amsterdam klubidagi kelajagi hali ham so'roq ostida.
Futbolchining "Lion"ga o'tishga yaqinligi va shartnoma borasida kelishuvga erishilgani aytilgan edi, ammo bunday bo'lib chiqmadi.
Jurnalist Nikolo Skiraning malumotiga ko'ra, kamerunlik futbolchi "Lion" taklifini rad etdi.
"Lion" joriy yozda "Ayaks" bilan 5 mln evrolik shartnoma borasida kelishuvga erishdi, darvozabonning o'ziga esa 2025 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma taklif qilindi. Aytilishicha, Onana Niderlandiya klubidan kelasi yozda erkin agent maqomida ketadi.
Fikrlar