"Ayaks" bosh murabbiyi "CHelsi" bilan o'yindan oldin nimalar dedi?
23 okt 2019 19:50
Yangiliklar


"Ayaks" bosh murabbiyi "CHelsi" bilan o'yindan oldin nimalar dedi?
"Ayaks" bosh murabbiyi Erik ten Xag "CHelsi"ga qarshi uchrashuvdan avval o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
"Top musobaqalarda jangga tayyorlangan bo'lishingiz kerak. Ammo mantiqan to'g'ri yondashuv har doim yaxshiroq bo'lib kelgan. To'p bilan yaxshi muomalada bo'lgan holda, ularning o'yin suratlariga moslashishga harakat qilmasligimiz kerak. To'p nazoratida va chuqurroq kirib borish uchun qulay vaziyat tanlashda sabrli bo'lishimiz shart", — deydi ten Xag.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar