"Ayaks" 17 yillik futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi
30 avg 2019 21:20
Yangiliklar


"Ayaks" 17 yillik futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi
"Ayaks" himoyachisi Yoel Veltman klub bilan shartnomasini yana 1 yilga uzaytirdi.
"Men 10 yoshimdan beri "Ayaks" safidaman. Deyarli 18 yil, juda uzoq vaqt. Lekin, bu ajoyib", – deydi Veltman.
27 yoshli "Ayaks" va Gollandiya terma jamoasi himoyachisi shartnomasini 2021 yilga qadar uzaytirdi. Uning avvalgi kelishuvi 2020 yilgacha mo'ljallangan edi.
Veltman "Ayaks" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U amsterdamliklar libosida 222 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol urgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar