So’nggi yangiliklar

14:20Топ-клубда ўйнамай туриб, АПЛнинг асосий кашфиётларидан бирига айланган футболчи ҳақида  0 13:59Игорь Сергеев "Пахтакор"ни тарк этяпти  5 13:28Баъзида Педри отаси билан бошқа жамоалар футболчилари урган голни нишонлар экан  2 13:09Нурилло Тўхтасинов – "Динамо" футболчиси  2 12:42Криштиану Роналду Қизил денгиз оролларидан 8 млн долларга иккита вилла сотиб олди  9 12:15"Манчестер Юнайтед" Бруну Фернандеш дербига қадар тикланишига умид қилмоқда  0 11:35Франк Лебёф: "Реал"да Беллингем, Винисиус ва Мбаппе бор – бу муаммо"  7 10:45"Ливерпуль" марказий ҳимоячи учун 90 миллион евро тўлаши мумкин  3 10:18Семеньонинг янги жамоаси маълум (Романо)  2 09:52Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар майдонда бор кучларини ишга солишди"  19 09:22"Челси" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона"нинг собиқ ҳужумчиси учун курашмоқда  3 08:55"Манчестер Сити"нинг марказий ҳимоячиси қишда жамоадан кетиши мумкин  4 08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  3 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  4 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  17

RPL. SHomurodov gol urgan bahsda "Rostov" durang qayd etdi Yangiliklar

RPL. SHomurodov gol urgan bahsda "Rostov" durang qayd etdi

"Axmat" hamda "Rostov" o'rtasidagi Rossiya Premer-ligasining 20-tur uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Axmat – Rostov 1:1 (vtoroy taym)

 «Axmat-Arena»
Gollar: 0:1 – 45 SHomurodov, 1:1 – 49, penalti Roshi.
Axmat – Gorodov, Nijich, Bogosovac, Semenov, Nenaxov, Xarin (Ismael, 73), Ravanelli (Ivanov, 46), Roshi, Berisha (Mbeng, 90), Glushakov, Ilin.
Rostov – Pesyakov, Osipenko, Xadjikadunich, Kozlov, CHernov, Eremenko, Normann, Bayramyan, Zaynutdinov, Popov, SHomurodov.
Ogohlantirishlar: Zaynutdinov (13), Roshi (18), Normann (32), Xadjikadunich (46), Xarin (70), Ismael (82), Semenov (86), Berisha (90).


Uchrashuv yakunlandi!

90+4. Pesyakov yana jamoasini goldan qutqardi. U Berishaning zarbasidan so'ng to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

90+3. "Rostov" xuddi qalaga hujum qilgandek raqib jarima maydonchasiga "to'p otmoqda" ammo yakuniy zarbani beradigan futbolchi topilmayapti.

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.

89. Bahs yakunlanishiga bir necha daqiqalar qolayotganda "Rostov" hujumlar sonini keskin oshirdi. Deyarli har bir hujum zarba bilan yakuniga etmoqda, ammo ular aniq emas.

87. Bayramyanning kuchli zarbasini himoyachilar qaytarishdi.

85. Uchrashuv asosiy vaqtining so'nggi o'n daqiqasi ko'proq "Rostov"ning hujumlari bilan o'tyapti. Semyonov SHomurodovga nisabatan qo'pol o'ynagani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

83. "Rostov"ning xavfli hujumlariga so'nggi aniq pas etishmayapti. 

78. So'nggi ikki daqiqa ichida tomonlar hujumlar tashkil qilishdi, ammo ularning birortasi zarba bilan yakunlangani yo'q.

75. "Rostov"ning qanotlardan jarima maydonchasiga uzatayotgan to'plari besamar yakun topmoqda. 

68. Pesyakovdan ajoyib seyv. Darvozabon yaqin masofadan bosh bilan berilgan zarbani qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

65. VARdagilar qizil kartochkani bekor qilishdi. Ofsayd bor emish.

64. Yana ikki daqiqa o'tib ketdi, biz esa "ojidaniya" rejimidamiz.

62. Ikki daqiqa o'tdi, referi hali ham "qulog'idagilar" bilan suhbatlashmoqda.

60. To'p qarshisida Eryomenko va Popov. Hakam yana VARga murojaat qilib, hammani kutishga majbur qilmoqda.

59. SHOMURODOV o'z jamoasi uchun standart ishlab berdi. Uni to'xtatib qolgan Nenaxov esa chetlatildi.

56. SHomurodov hujumda to'pni yo'qotgani tufayli "Axmat" qarshi hujum amalga oshiri, ammo "kontr ataka" noaniq uzatma bilan yakuniga etdi.

52. XAVFLI ZARBA! Popov Bayramyanning ajoyib uzatmasini golga aylantira olmadi. Gorodov juda yaxshi o'ynab, seyv ijro etdi.

49. GOL! ROSHI darvozaning chap burchagiga zarba berdi, Pesyakov to'p yo'nalishini topdi, ammo uni to'xtata olmadi. 1:1

48. Referi hammasini tasdiqlatib oldi. Penalti bor ekan.

47. Hakam penalti tepilishidan oldin VARdagilarning fikri bilan qiziqmoqda.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Taym start olishi bilanoq "Rostov" darvozasi tomon penalti belgilandi. Mehmon jamoa himoyachisi o'z jarima maydonchasi ichida raqibini yiqitdi.

- Jamoalar maydonga qaytishdi. 

"Gol urilgan vaziyatda yaxshi hujum tashkil qildik. Eldor to'g'ri joyga ochildi va darvozani ishg'ol qildi" - dedi Zaynutdinov tanaffusdagi qisqa intervyuda.

TANAFFUS

45+1. SHomurodov taymni dubl bilan yakunlashi mumkin edi, ammo uning qaychi uslubidagi zarbasiga aniqlik etishmadi.

45. GOOOOOLLL! SHOMURODOV!!!!! Eldor Popovning o'ng qanotdan erlatib uzatgan to'pini darvozaga joylab qo'ydi. Birinchi bo'limda deyarli ko'rinmagan SHomurodov taymni gol bilan yakunladi. Barakalla!

41. Hamyurtimiz Eldor SHomurodovning ishi bu uchrashuvda hech yurishmayapti.

37. "Rostov" burchak zarbasi ishlab oldi. Ammo standart o'yinga kiritilishini juda uzoq kutishdi. Nihoyat to'p jarima maydonchasiga uzatildi va vaziyat Normanning noaniq zarbasi bilan yakunlandi.

32. Matias Normann "ikkinchi qavat"dagi kurashda qo'pol o'ynagani uchun hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi. U CSKAga qarshi bo'ladigan bahsni o'tkazib yuboradi.

31. Popov mezbon jamoa darvozasiga aniq zarba berdi, lekin to'p to'ppa-to'g'ri darvozabon qo'liga borib tushdi.

29. "Axmat" tezda xavfli hujum bilan raqibga javob qaytardi, biroq uzatmani golga aylantiradigan hujumchi topilmadi.

28. Standart vaziyat rostovliklarning zarbasi bilan yakunlandi, ammo rikoshet tufayli darvozaning yonidan o'tib ketdi. Burchakdan uzatilgan to'pdan naf chiqmadi.

27. "Axmat" futbolchilaridan navbatdagi qoidabuzarlik. Bu safar mezbonlar o'z burchak nuqtasi oldida fol ishlatishdi. "Rostov"da gol urish uchun ajoyib imkoniyat paydo bo'ldi.

22. Endi kichik ustunlik Grozniy jamoasi tomonga o'tdi. Jamoa kombinacion hujumlar tashkil qilmoqda.

20. "Axmat" futbolchilari chap qanotdan hujumga o'tishdi, jarima maydonchasiga uzatilgan to'p himoyachi tomonidan qaytarildi. Qaytgan to'p yana mezbon jamoa futbolchisiga tushib qoldi va u uzoqdan zarba berdi. Yana noaniq.

16. Bahsning dastlabki 15 daqiqasi yakuniga etdi, ammo hozircha hamyurtimiz Eldor SHomurodov biror xavfli vaziyatda ishtirok etmadi.

13. Uchrashuvdagi dastlabki sariq kartochka Baxtiyor Zaynutdinovga ko'rsatildi. Qozog'istonlik futbolchi markazga yaqin hududda raqibiga nisabatan qo'pol o'ynadi.

12. Berisha uzoq masofadan "Rostov" darvozasini ishg'ol qilishga urindi, ammo zarba juda noaniq.

10. Hozircha o'yin ko'proq maydon markazida kechmoqda. Jamoalar navbatma-navbat to'pni oldirib, to'laqonli hujum uyushtira olishmayapti.

8. Ilin "Rostov" darvozasiga aniq zarba berdi, biroq zarba vaqtida u raqib himoyachisiga nisbatan qo'pollik ishlatgan edi. Hakam fol qayd etdi.

4. Mehmonlar o'yin nazoratini o'z qo'liga olib, raqibni himoyalanishga majbur qilmoqchi. Biroq bu reja hozircha to'liq ishlamayapti.

2. Rostovliklar o'yinni juda faol boshlashdi.

1. Uchrashuv boshlandi.


- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

Axmat – Rostov 1:1

Gollar: Roshi 49 (pen.) - SHomurodov 45.

"Axmat-Arena"

Axmat – Gorodov, Nijich, Bogosovac, Semenov, Nenaxov, Xarin, Ravanelli, Roshi, Berisha, Glushakov, Ilin.

Rostov – Pesyakov, Osipenko, Xajikadunich, Kozlov, CHernov, Eremenko, Normann, Bayramyan, Zaynutdinov, Popov, SHomurodov.

Reyting: +50   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика