So’nggi yangiliklar

00:06Ўртоқлик ўйини. Боливия U-17 - Ўзбекистон U-17 0:0 (онлайн ҳисоб)  0 23:59Клублар ўртасидаги ЖЧ. 40 дақиқа тўхтаб қолган ўйин якунига етди  0 23:34Акмал Рустамов: "Ёшларга ишонч билдиряпмиз"  0 23:22Максим Шацких: "Легионерлар нега кетишди? Улар менинг олдимга келишди, шунчаки жамоада ўйнамаслигини айтишди"  5 23:09КЖЧ. "Пальмейрас" - "Ал Аҳли" учрашуви тўхтатилди. Нега?  5 22:42Ҳаким Фузайлов: "Сўнгги ўйинимизни 3 кун олдин ўтказгандик, йигитларда чарчоқ аломатлари сезилди"  1 22:18"Рома" клубга "янги" спорт директори тайинланганини эълон қилди  1 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" муҳим учрашувда "Хоразм"ни мағлуб этди  10 21:59Суперлига. "Андижон" ва "Қизилқум" "Бобур Арена"да муроса кўчасини танлади  49 21:18АПЛ "Манчестер Сити"ни жазолади  4 20:53"Рома"да бош мураббий ўзгарди. Рим клубидаги энг яхши мавсумини ўтказган Шомуродовнинг тақдири қандай кечади?  6 20:34"Барселона" бразилиялик ҳимоячи учун 30 млн евро таклиф этади  6 19:50"Манчестер Юнайтед" мухлислари чипталар нархи кескин ошганидан норози  1 19:27Мартинес МЮга ўтишга рози  2 18:44"Реал" Мбаппе касалхонага ётқизилгани ҳақида хабар берди  5

Axbor Imomxo'jaevning tavallud ayyomidan fotomaqola Yangiliklar

Axbor Imomxo'jaevning tavallud ayyomidan fotomaqola

Xabaringiz bor, 19 fevral kuni barchamiz uchun ustoz sanalmish - Axbor Imomxo'jaev 80 yoshga to'ldilar.

SHu munosabat bilan, kuni kecha bunyod etilib, foydalanishga topshirilgan paralimpiya qo'mitasining binosida ustozning tug'ilgan kunlariga bag'ishlangan kecha bo'lib o'tdi. Mazkur tadbirning esda qolarli suratlarini etiboringizga taqdim etamiz.

Bu maqolani, hech ikkilanmay "METRLAR DAVRASIDA", - deb ham atashimiz mumkin.


"News Arena" gazetasining bosh muharriri, Fazliddin Sattorov nashrning mazkur sonini ustoz uchun bag'ishladi. Axbor doda ikki farzandi, Abror va Zafar Imomxo'jaevlar bilan mehmonlarni kutib olishga shaylanib turishibdi.


Ilk mehmonlar ham kela boshladi. Birinchilardan bo'lib, o'zbek futbolining tirik afsonasi, Birodar Abduraimov majmuaga tashrif buyurdi.


60-70 yillar futbolini yod etar ekanmiz, uni To'lagan Isoqovsiz tasvirlab berish qiyin. Axbor Imomxo'jaev esa aynan u kishining o'yinlarini sharhlagan kam sonli suxandonlardan biri bo'lgan.


Birodar Abduraimovning yonida, Axbor Imomxo'jaev bilan elkama-elka turib faoliyat olib borgan Vladimir Safarov. Vladimir Ashotovichni shubhasiz, o'zbek futbolining statistika qiroli deb aytishimiz mumkin.


O'FFning faxriylar kengashi raisi - Narimon Jalolov, federaciya nomidan ustozga to'n kiydiryapti.


Osiyo o'yinlari g'oliblari, Mirjalol Qosimov, Azamat Abduraimov, Ilhom SHaripov va Abdusamad Do'rmonov, ularning qatorida Aleksey Evstafeev.


Yubilyarga to'n kiydirilmoqda.


Tabiiyki, ularning orasida Mirjalol Qosimov ham bor.


Esdalik uchun suratga tushamiz...


Yuriy Vazgenovich, o'zining ichak uzdi latifalari bilan kelganlarni kuldiryapti.


Ketish oldidan, duo...

Fotomaqola muallifi Nodirxo'ja Yuldashev



Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика