Axbor Imomxo'jaevni tabriklaymiz
19 fev 2020 11:10
Yangiliklar
Axbor Imomxo'jaevni tabriklaymiz
Bugun o'zbek futbol jurnalistikasi faxriysi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiyi, Respublika toifasidagi hakam, "Oltin qalam” Milliy mukofoti sohibi, Xalq talimi alochisi, taniqli sharhlovchi Axbor Imomxo'jaev 84 yoshni qarshiladi.
Axbor Imomxo'jaevning o'zbek futboli rivojiga qo'shgan hissasini so'z bilan tariflash mushkul.
Bu inson o'zbek futboli tarixi haqida bir qator kitoblar muallifi ham hisoblanadi. Jumladan, Axbor Imomxo'jaev qalamiga mansub bo'lgan “Futbol quvonchim, dardim, faxrim”, “Maftuningman futbol”, “O'zbegimning Mirjaloli” kabi kitoblarni keng jamoatchilik katta qiziqish bilan o'qib kelmoqda.
Axbor Imomxo'jaevni qutlug' 84 yoshi bilan muborakbod etamiz. Futbol faxriysiga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik tilab, uzoq yillar davomida muxlislar etiborida bo'lib yurishini tilaymiz!


O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar