So’nggi yangiliklar

10:24АПЛ клуби Родриго трансфери бўйича "Реал" билан музокараларни бошлади  0 09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  0 09:28"Ливерпуль" январда ПСЖ етакчиси учун 130 миллион евро тўлаши мумкин  0 08:59Месси: "Мен бутун умримни "Барса"да ўйнаб ўтказаман, деб ўйлагандим"  2 08:31"Челси" "Реал" тарбияланувчисини сотиб олмоқчи  1 08:03Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум  17 07:35Sofascore. Йирик ҳисоб қайд этилган баҳсда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  2 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   4 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  24 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  10 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  173

Axbor Imomxo'jaev: “Ming oylik” to'ylarga etkazsin!” Yangiliklar

Axbor Imomxo'jaev: “Ming oylik” to'ylarga etkazsin!”

Teglar :  olamsport.com
Bu sulolaga butun mamlakat ahli havas qiladi.

Bunday shanni yillar davomida ushlab turish, xalq mehriga sazovor bo'lish oson emas. Nafaqat sport jurnalistikasida faoliyat yuritayotganlarga, balki sport jamoatchiligi uchun ham birdek qadrli va suyukli Axbor aka bugun ham tetik va navqiron.

Ertaga ana shu inson, Imomxo'jaevlar sulolasi sarboni, o'zbek futboli fidoyisi, milliy sport jurnalistikasining yorqin namoyondasi, respublika toifasidagi hakam, SHuhrat medali sohibi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiysi Axbor Imomxo'jaev o'zining 80 yoshlik yubileyini nishonlaydi.

Yurtimizda futbolning ommaviylashuvida Axbor Rustamovichning xizmatlari katta. Avvalo respublika radiosida, keyinchalik televidenieda Axbor akaning sharhlarini tinglab katta bir avlod shakllandi. Milliy futbolimizga bag'ishlangan bir qator kitoblar muallifi hisoblangan Axbor akaning oilasida do'stu yorlari, yaqinlari to'planadi.

Ustoz betakror sharhlari orqali millionlar qalbidan joy olgan, bugungi avlod esa uning Futbol – quvonchim, dardim, faxrim, Maftuningman futbol, O'zbegimning Mirjaloli kabi kitoblaridan bahramand bo'lib ulg'ayishmoqda.

Avvalo, intervyuni qay tarzda olib borish kerakligi xususida ko'p o'yladim. O'ziga xos savollar bergim, "NewsArena" mushtariylariga hali tanish bo'lmagan qirralarini etkazgim keldi. Ammo bunga hojat qolmadi. Dilkash ustozning o'zi vaziyatdan chiqardi. O'zingiz ham o'qib, ishonch hosil qilishingiz mumkin.


– Futbol shunaqa narsaki, kishini jalb qilaveradi. Xabaringiz bor, bizning turli soha vakillaridan tashkil topgan “Tong” jamoamiz bor. U erda bir vaqtlari futbol bilan shug'ullangan, keyinchalik kasb taqozosi bilan yashil maydonni bir muddat tark etib, endilikda biroz qorin qo'ygan, sochlari oqargan, yuzlariga ajin tushgan holda futbolga qaytganlar bor. Jamoamizda yurtimizning taniqli huquqshunoslaridan biri, bir vaqtlari biz bilan o'ynagan Habibulla aka degan odam bor edi. Hozir ham hayot. O'sha odam jamoamizdagi yosh jihatidan hammamizdan kattasi edi. Birodar Abduraimovga qarshi shu odamni qo'yar edik. Uning o'yinlarini ko'rib, men ham shu odamga havas qilardim, eng yoshi ulug' odam bo'larmikinman, degan xayolga borardim. SHukrki, hozir o'sha jamoamizning eng katta o'yinchisi menman. Bularning barchasi uchun Yaratganga shukrona aytaman.

– Birinchi sharhga o'tirgan kuningiz­ni eslay olaysizmi? O'sha paytlarda o'zbek sharhlovchilik maktabi endi oyoqqa turayotgan paytlar edi. Har holda birinchi bo'lish masuliyati og'ir.


Intervyuning davomi olamsport.com saytida...

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика