So’nggi yangiliklar

10:20Россиянинг олти карра чемпиони фаолиятини юртимизда давом эттириши мумкин  0 09:46"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолаши мумкин  2 09:11"Навбаҳор"нинг Аброр Исмоилов олдида қанча қарзи борлиги маълум бўлди  6 08:32"FourFourTwo" "Барселона" тарихидаги энг яхши футболчилар рейтингини тузди  13 08:13Райс мухлисларнинг норозилиги ҳақида: "Бу менга ёқмади. Мадуэке ҳали нималарга қодирлигини кўрсатади"  0 01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  2 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  17 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  19 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0

Axbor Imomxo'jaev izdoshlari o'rtasida xotira turniri o'tkaziladi Yangiliklar

Axbor Imomxo'jaev izdoshlari o'rtasida xotira turniri o'tkaziladi

O'zbek sporti jurnalistikasi otaxoni, futbolimiz sharhlovchiligi maktabi asoschisi Axbor Imomxo'jaev foniy dunyoni tark etganiga bugun roppa-rosa bir yil bo'ldi.

Biz bu insonni nafaqat o'zbek tilidagi unutilmas sharhlari bilan, balki futbol hakamligi va uning rivoji yo'lida amalga oshirgan ishlari bilan ham yaxshi eslaymiz.

Endilikda bu insonning izdoshlari o'zaro hamkorlikda futbol xotira turniriga asos solishni rejalashtirishgan. Sizga yaxshi malumki, har yili 2 iyul sanasida Butunjahon sport jurnalistlari kuni nishonlanadi. Mana shu kunda Axbor Imomxo'jaev xotira turnirini o'tkazish taklifi uning farzandlari hamda nabiralari tomonidan ilgari surildi. 

Rejaga ko'ra, ilk musobaqa 1-2 iyul kunlari bo'lib o'tadi. Unda Axbor Imomxo'jaev nomi bilan bevosita bog'liq bo'lgan jamoalar ishtirok etishi ko'zda tutilgan. Jumladan, “Paxtakor” faxriylar jamoasi, “Tong” faxriylar jamoasi, sobiq hakam hamda nazoratchilarni o'zida jamlashi ko'zda tutilgan “Referi” faxriylar jamoasi, faxriy sport jurnalistlarini o'zida jamlaydigan “Jurnalist” jamoasi. SHuningdek, futbol sharhlovchilarini o'zida jamlagan “SHarhlovchi” jamoasi, o'zbek futboli rivojiga katta hissa qo'shib kelayotgan “Sports.Uz” hamda “Championat.asia” jamoalari. Musobaqada Axbor Imomxo'jaevning farzand, nabira hamda abiralaridan iborat alohida jamoa ham qatnashadi.

Ishonamizki, mazkur musobaqa ananaviy tarzda yo'lga qo'yiladi. Axbor Imomxo'jaev kabi insonlar nafaqat hayotlik davrida, balki undan keyin ham o'z izdoshlarini shu tariqa jipslashtirib turishiga shubha yo'q.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика