So’nggi yangiliklar

01:55Роберт Левандовски: "2020 йил "Олтин тўп" топширилмаганини ҳеч тушунмайман"  1 01:24"FourFourTwo" ЕЧЛ финалларида урилган энг чиройли голлар рейтингини тузди  2 01:08Расман: Пеп Гвардиола "Манчестер Сити" билан шартномасини узайтирди  0 00:41Эрлинг Холанд: "Гвардиола энг яхши мураббий, балки тарихдаги энг зўридир"  0 00:14"Челси"нинг "биллур" футболчиси яна сафдан чиқди  0 23:43Нодир Абдураззоқов: "Энди мавсумни чиройли якунлашимиз ва оғзимиздаги ошни олдириб қўймаслигимиз керак"  5 23:19Хави "Интер Майами" бош мураббийи бўладими? Инсайдерлар маълумот беришди  0 22:49АПЛ клублари сўнгги 10 йилликда трансферлар учун қанча ишлатишди?  0 22:22"Ювентус"га "Челси" футболчиси керак  0 21:57Нико Уильямс болалигидаги кумирлари ким бўлганини айтди  12 21:34Максим Шацких: "Черан, Собирхўжаев борасидаги саволлар менга берилмасин. Бу мавзу ёпилган"  22 20:57Миржалол Қосимов: "Натижадан ҳам ўйиндан ҳам қониқдим"  3 20:36Суперлига. ОКМК "Жар"да "Пахтакор"ни мағлуб қилди  6 20:25"Пахтакор" кумуш медаллар учун курашдан чиқди  13 20:06Суперлига. ОКМК ВАР томонидан 13 дақиқа текширилган ҳамда япониялик футболчи томонидан урилган голлар эвазига 11 йилдан сўнг сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди  62

"Avvallari Koreya, Eron bizdan qo'rqib turardi. Hozir Suriya bilan o'yinlarda ham qiynalyapmiz". Sanjar Tursunov bilan intervyu Yangiliklar

"Avvallari Koreya, Eron bizdan qo'rqib turardi. Hozir Suriya bilan o'yinlarda ham qiynalyapmiz". Sanjar Tursunov bilan intervyu

O'tgan mavsum bronza medallariga ega chiqib o'ziga xos kichik tarix yaratgan AGMK jamoasi o'z qarorgoxida yangi mavsumga qizg'in hozirlik olib bormoqda.

OCHLda yurtimiz sharafini munosib himoya qilishi kutilayotgan olmaliqliklar tarkibini o'zagini saqlab qolgan holda yana bir nechta ijrochilarni o'z safiga qo'shib olyapti. Masuliyatli uchrashuvlar oldidan ushbu holatni tabiiy qabul qilishimiz mumkin. Boisi xalqro miqyosdagi o'yinlarda tajriba baribir o'z so'zini aytadi. AGMK jamoasida esa bunday futbolchilar ko'pchilikni tashkil qiladi. SHundaylardan biri sifatida Sanjar Tursunovni ko'rsata olamiz. Faoliyati davomida Rossiya, Ukraina, Qatar va Koreya klublarida to'p tepgan yarim himoyachidagi boy tajriba "konchilar"ga foyda keltirishi shubhasiz. SHuning uchun ham klub Tursunov bilan shartnomani uzaytirdi. Yaqinda futbolchi bilan intervyu tashkil qilish asnosida o'zimizni qiziqtirayotgan savollarga ham javob oldik.

- Avvalo 2020 yilning "eng chiroyli goli" mukofoti bilan tabriklaymiz. O'zbekiston chempionatida ketma ket ikkinchi yil bronza medallariga ega chiqdingiz, 2019 yil "Bunyodkor" bilan, 2020 yil AGMK bilan. Sizningcha qaysi biri mashaqqatli kechdi va qaysi bronza medal qadrliroq? 

- Tabrik uchun rahmat. 2020 yil AGMK jamoasi bilan bronza medallarni qo'lga kiritish rostini aytsam qiyinroq kechdi. Mavsumni yomon boshlamadik. Lekin kutilmaganda pandemiya boshlandi, karantin elon qilindi. Natijada ko'p to'xtalishlar yuzaga keldi. Ikkinchi o'rinda ketayotgandik, yo'qotilgan ochkolar sabab bir pog'ona pastladik. Uchinchi o'rinni saqlab qolish uchun astoydil kurashdik. To'g'ri chetdan qaraganda oson tuyulishi mumkin. Qaysi tomondan qiyinaldik, oraliqdagi tanaffuslar sabab bronzani o'zimizniki qilish biroz murakkab bo'ldi. Men har doim jamoaviy sovrinni birinchi o'ringa qo'yaman. SHaxsiy mukofotlar esa keyingi pog'onada turadi. 

- Nima uchundir, birinchi va ikkinchi davradagi AGMKning o'rtasida katta farq ko'zga tashlandi...

- Bilasiz, mavsum bir yil davom etadi. Yil mobaynida har bir jamoada turlicha vaziyatlar ro'y beradi. AGMKga ketma-ket to'rtta o'yinda qiyin raqiblar ro'baro' keldi. "Nasaf", "Qo'qon-1912" jamoalari bilan safarda o'ynadik. Agarda turnir jadvalidagi pastki o'rinlardagi jamoalarga ham mag'lubiyatga uchraganimizda uchinchi o'rinni olishimiz ham qiyinlashardi. Eng muhimi vazifani bajardik, natija qila oldik.

- Odatda sizni xorijda klublarida legioner sifatida ko'rishga odatlanganmiz. So'nggi yillarda esa O'zbekiston chempionatida to'p tepyapsiz...

- O'zbekistondagi istalgan futbolchi legionerga aylanishni istaydi. To'g'risini aytsam bir nechta variantlar bor edi. Ayrim takliflarni kutishga to'g'ri kelardi, yana bazilari o'zimga va oilamga maqul tushmasdi. Xorijda 16 yil to'p tepdim, shu bois oilam, yaqinlarim oldida, o'z vatanimda faoliyatimni davom ettirishga qaror qildim. Ayni paytda bor etiborim yangi mavsumni ko'ngildagidek o'tkazishga qaratilgan. 

- Mirjalol Qosimovning sovrin yutishga chanqoqligi, g'oliblik ruhini singdirgani ham AGMKning muvaffaqiyatlarida rol o'ynadimi?

- Albatta, uchinchi o'rinni qo'lga kiritganimizda Mirjalol Qosimov ham muhim rol o'ynadi. Sir emaski murabbiy futbolda, jamoada katta hajmdagi ishni amalga oshiradi. Mirjalol aka yoshlik paytlaridanoq turli sovrinlarni yutishni boshlaganlar, futbolchilik faoliyatlarida ham diqqatga arzigulik muvaffaqiyatlarga erishganlar. Buni murabbiy sifatida ham davom ettirmoqdalar. Ular har doim eng eng yuqori maqsadlarni qo'yadilar. 

- O'tgan ikki yil davomida "Paxtakor" gegemonlikni hech kimga bergani yo'q. Nima deb o'ylaysiz faqat bir jamoani kuchayishi, chempionlik uchun raqobatning yo'qligi chempionatimizga salbiy tasir qilyaptimi?

- "Paxtakor" tarkibida O'zbekistonning eng yaxshi ijrochilari jamlangan. Bir tomondan olib qaralganda tasir qilyapti deyishimiz mumkin. CHunki, qaysi chempionatda raqobat kuchli bo'lsa futbolchining darajasi ham, o'sha mamlakat futbol ligasining saviyasi ham oshadi. Istardimki, qolgan klublar "Paxtakor" bo'ladimi yoki AGMK bo'ladimi hamma jamoalarga jiddiy raqobat tug'dira olsa chempionatimiz o'sishga erishadi. 

- AGMK jamoasi joriy mavsumda OCHLda o'ynaydi, raqiblar esa Iroq va Qatar klublari. Qiziq holat jamoa OCHL guruh bosqichiga chiqa olmagan taqdirda OFK kubogida ishtirok etadi...

- Bitta o'yinga bog'liq musobaqalar doim qiziq o'tadi. Bunda kuchli yoki kuchsiz jamoaga ajratilmaydi. CHunki g'olib bitta uchrashuvda aniqlanadi. OCHL guruh bosqichiga chiqishga ishonamiz va shunga monand ravishda harakat qilamiz. Maydonda g'alaba uchun kurashamiz. 

- O'z vaqtida O'zbekiston milliy terma jamoasida to'p tepgansiz, hozirgi kunda ham befarq emasligingiz tabiiy. Avvalgiga nisbatan hozirda terma jamoamizga muxlislar tomonidan etirozlar, tanqidlar ko'payganini nima bilan izohlash mumkin? Natijalar qoniqarsiz ko'rinish olgani bilanmi, mavqeimizni pastlagani bilanmi? Har holda avvallari o'sha Koreya, Eron termalari bizdan biroz qo'rqib turardi, hozirda esa Suriya ham bizni mag'lubiyatga uchrata olyapti..

- To'g'ri aytdingiz, oldin Koreya, Eron bizga qarshi maydonga tushgach biroz hayiqib turardi. Hozirda Suriya kabi terma jamoalar bilan qiynalmoqdamiz. Tanqidni ham to'g'ri yo'llash kerak deb o'ylayman. Bunday gaplar har doim bo'lgan va bundan keyin ham bo'ladi. Etirozlar ko'paygani rost. To'g'ri tanqidni hamma to'g'ri qabul qiladi. 

- JCH 2014 ga chiqishimiz uchun bitta gol etishmadi, JCH2018ga chiqishimiz uchun bir ochko. Aynan shu hal qiluvchi bosqichga etib kelganda aynan nima xato ketyapti? 2022 yilgi Jahon chempionatiga chiqishimiz uchun qaysi xato ustida ishlash kerak? Fikringiz qiziq...

- Bir ochko, bitta gol emas ko'p narsa etishmaydi. Futbolda mayda kamchilik bo'lmaydi. Masalan, O'zbekiston Superligasi Janubiy Koreyaning K2 ligasining darajasiga etib olishi uchun hali ancha bor. Bir narsani tushuntirib o'taman, ikki yil oldin K2 ligasida "Tedjon Sitizen" jamoasida o'ynaganimda VARdan foydalanishni yo'lga qo'yishgandi. Hamma tushundi deb o'ylayman. Oldinga intilishda davom etishimiz darkor. 

- O'zbekistonlik futbolchilarga Rossiyaning turli jamoalaridan takliflar kelib tushayotgani haqida har xil manbalardan eshitmoqdamiz. Ko'pchilikka malum o'z vaqtida Rossiyaning "Irtysh-1946", "Volga", "Alaniya", "Gazovik" klublari sharafini himoya qilgansiz, bu borada ko'nikma va tasavvurga egasiz. Demak maslahat va tavsiya berishga haqli futbolchisiz...

- Mening fikrimcha futbolchilarning xorijga ketgani yaxshi. O'zbek futboliga keyinchalik zarur bo'ladigan tajriba orttirish imkoniyati yuzaga keladi. Futbolga qarashi o'zgaradi.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика