So’nggi yangiliklar

01:00"Барселона" Рэшфордга "совчи қўймоқчи"  0 00:36Леау қандай шахсий ва жамоавий совринларни ютишни исташини айтди  0 00:15"Ювентус" футболчисини Манчестер жамоаларига таклиф қилди  1 23:52Аморим Майну ҳақида: "Энг яхшиларни сақлаб қолишимиз керак, бироқ ҳолатни унутмайлик"  0 23:40Бундеслига. "Боруссия" Д - "Байер". Асосий таркиблар маълум!  0 23:09Расман: "Шўртан" Осиё чемпионини сафига қўшиб олди  4 22:45"Валенсия" ЛаЛигага норозилик билдирди  8 22:13Хвича Францияда ўйнашни истамоқда, бироқ бир муаммо бор  1 21:46Нойер қайтмоқда  3 21:19Маскерано Неймар "Интер Майами"га ўтмаслиги сабабини айтди  0 20:55БАА. "Ал Батаеҳ" ғалаба қозонди, Ғаниев ўйиннинг энг яхшиси бўлди  7 20:18Рубен Аморим: "Ўйинимиз ва имижимизни яхшилашни, ғалабаларни истайман"  7 19:51Ҳоланд кетма-кет бешинчи марта Норвегияда йилнинг энг яхши футболчиси деб топилди  1 19:26"Норвич" футболчиси рақибга тупургани учун 6 ўйинга дисквалификация қилинди  0 19:00Роналду – кетма-кет 24 йил гол урган биринчи футболчи!  38

Avvalgilarga o'xshamas. Namanganda bugun kim bayram qiladi? Yangiliklar

Avvalgilarga o'xshamas. Namanganda bugun kim bayram qiladi?

O'zbek futbolining vatani, millionlar o'yini o'z qulochini yozgan go'sha voydiy hisoblanadi.

Bu makondan joy olgan jamoalarning bir vaqtda, bir xil maydondagi to'qnashuvi vodiy derbisi hisoblanishini yaxshi bilasiz. Bu derbi jamoalarning boy yoki kambag'alligiga, tarkibi kuchli yoki kuchsizligiga, turnir jadvalida egallab turgan o'rniga umuman qaramaydi va o'z darajasini doim saqlab qoladi. Bugun chempionlik uchun kurashayotgan ikki jamoa "Navbahor" va "Neftchi" Namanganda uchrashishadi. SHerali Jo'raev kuylaganidek bu safargi derbi avvalgilarga o'xshamas!

Navbahor

Filip Ivanovich - 90'

Superliga. 8-tur

19/05/2024, 19:00

0
:
1
Tugadi

Neftchi

45'
90'
66'  Asadbek Sobirzhonov (Ruslanbek Jiyanov)
69'  Farrux Sayfiev
90'  Filip Ivanovich
90'  Abror Ismoilov (Ibrohim Yo'ldoshev)
90'  Ruslanbek Jiyanov
46'  Shohruz Norxonov (Bilol Toshmirzaev)
59'  Mixay Roman
59'  ZHasur ZHaloliddinov
64'  Mixay Roman (Nsungusi Effiong)
65'  Diyor Turopov (Husayin Norchaev)
67'  Ketelin Karp
70'  ZHasur ZHaloliddinov (ZHavohir Qahramonov)
84'  Abbos G'ulomov (Xurshidbek Muxtorov)
85'  Nsungusi Effiong

O'zaro uchrashuvlar tarixi 

Jamoalar shu paytgacha Superliga doirasida 58 marotaba to'qnash kelishgan. O'zaro o'yinlarda katta ustunlik "Neftchi" tomonida 26 g'alaba, "Navbahor" bu bahslarda 14 marotaba 3 ochko egasiga aylangan. 18 ta uchrashuvda g'olib nomi aniqlanmagan. To'plar nisbatidagi ko'rsatkich – 82-57, “Neftchi” foydasiga.

Mazkur jamoalar o'rtasidagi o'yinlarda 4 marta yirik hisob qayd etilgan. “Neftchi” 1995 va 1997 yillarda Namanganda 3:0, 2001 yili esa Farg'onada 4:1 hisobida g'alaba qozongan bo'lsa, “Navbahor” 2004 yili Farg'onada 3:0 hisobida zafar quchgan.

Ikki klub o'rtasidagi eng sermahsul bahs 2010 yilgi mavsumda Farg'onada bo'lib o'tgan hamda unda darvozalarga 7 ta to'p kiritilgan. O'sha o'yinda “Neftchi” 4:3 hisobida g'alaba qozongan.  O'zaro uchrashuvlarda farg'onaliklar 96, namanganliklar esa 60 ochkoni qo'lga kiritishgan. 

"Neftchi" Namangandan so'nggi bor 2011 yilda g'alaba bilan qaytgan. Bu jamoalar o'rtasidagi Namanganda o'tgan oxirgi 4 ta o'yinning barchasi durang bilan tugagan. Farg'onaliklar raqibini mehmonda faqat 5 marotaba taslim qila olgan, xolos. Namangan mezbonlik qilgan so'nggi 4 ta o'yinda faqat durang natijasi qayd etib kelinmoqda. 

"Neftchi"ning mehmondagi so'nggi g'alabasi 

Superliga-2011. 13-tur

"Navbahor" - "Neftchi" 0:2 

Gollar: Oybek Nurboev 30, SHerzod Hakimov 78

"Navbahor": Erkin Jabborov, Rustam Qurbonboev, Abdumajid Toirov, SHavkat Nasibullaev, Alisher Mahmudov, Ilhom Boydadaev, Abdulaziz Sultonov, Ro'zimboy Ahmedov, Otabek Valijonov, Patrik Agbo, G'ayrat Jo'raev

"Neftchi": Hislat CHilmatov, Dilyorbek Ermatov, Asqar Muhiddinov, SHukurali Po'latov, Iqbol Akramov, Sardor Mirzaev, Aziz Alijonov, Sanjar Asqaraliev, Baxtiyor Yoqubov, Anvar Berdiev, Oybek Nurboev


"Nabahor" uyda chempion. "Neftchi" safarda qanday natija ko'rsatyapti?

Samvel Babayan boshchiligidagi "lochinlar" bu mavsumda o'z maydonida 4 marotaba raqiblarini qabul qildi va 2 ta durang, 2 ta g'alaba qayd etdi. Mag'lubiyatsiz seriya 6 ta o'yinni tashkil qilmoqda. "Navbahor" Namanganda so'nggi marotaba 30 oktyabr kuni Superligada "Nasaf"ga engilgan (0:1). "Neftchi" esa mehmonda bu mavsum 4 ta bellashuvda maydonga tushdi va 7 ochko jamg'ardi. Yagona mag'lubiyatni "Olimpik"dan qabul qilib oldi (0:1). Ikki g'alabani Jizzaxda "So'g'diyona" va "Dinamo" ustidan qo'lga kiritdi. 



CHempionlik vodiy qo'lidami? 

"Navbahor"da Samvel Babayan davri boshlanganidan buyon har yili chempionlik uchun kurashib kelmoqda. Lekin ana chempion, mana chempion deb turgan joyida "Paxtakor" bosh sovrinni ilib ketmoqda. Lekin bu yil uning eng asosiy raqobatchisi kuchsizlangani imkoniyatlar foizini oshirishi tabiiy. Oltin medallar uchun yo'lga chiqqan "lochinlar" mavsumni g'alaba bilan boshladi, shu bilan ketma-ket 3 ta o'yinda duranglar seriyasi boshlanib ketdi. Bu orada uning taqibchilari ham ochkolar yo'qotgani qo'l keldi. Jamoaning oldingi chizig'ida ishlar yomon emas, Superligada eng ko'p gol urgan jamoa aynan "Navbahor" bo'lib turibdi, to'purarlar poygasini ham namanganliklar forvardi Toma Tabatadze boshqarmoqda. O'tgan turda etakchi "So'g'diyona"ning taslim qilinishi birinchi o'ringa olib chiqdi. Oldinda esa qaynoq vodiy derbisi kutmoqda. 

"Neftchi"da esa barqarorlik yo'q. O'tgan yili 20 ta bahsda mag'lubiyatga uchramagan farg'onaliklar joriy mavsumda 4 turga kelib ilk bor 3 ochkoni raqibiga sovg'a qildi. Superligada esa so'nggi 3 ta o'yinda g'alabani tantana qilgani yo'q va bu o'z-o'zidan turnir jadvaliga tasir o'tkazmasdan qolmadi. Startda ketma-ket 3 ta g'alabadan so'ng ochko yo'qotishlar boshlandi. Ayni paytda 6-o'rinda ketayotgan "buyuk chinorlar" bugungi g'alaba orqali   14 ochko bilan yuqoriga ko'tarilib olishlari mumkin. Bu ikki jamoaga esa vodiyda "Andijon" raqobat qilishga urinmoqda. 


Mavsum rekordi yangilanadimi?

O'tgan turda Farg'onada kechgan "Neftchi" - "Andijon" uchrashuvida  muxlislar soni bo'yicha rekord o'rnatildi. 19867 nafar muxlis uchrashuvni bevosita stadiondan kuzatib bordi. Bugungi o'yin darajasi va jamoalarning saviyasidan kelib chiqib aytganda mavsum rekordi yangilanishi kutilmoqda. Malumot uchun, Namangandagi "Markaziy" stadion sig'imi 23 000 tashkil qiladi. 


Ekspert fikri 

Baxtiyor Ashurmatov - Turning eng markaziy qarama-qarshiligi. Balki chempionatning eng qiziqarli uchrashuvidir. "Navbahor" bir necha yildan beri chempionlik uchun kurashmoqda. Lekin oltin medallarga erisha olmayapti. "Neftchi" joriy yil oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan. Klub rahbariyati ajoyib sharoitlarni yaratib bergan. "Navbahor" o'z maydonida o'ynashi hisobiga kichik minimal hisobda g'alaba qozonishini taxmin qilaman. Ikki jamoaga ham chiroyli o'yin ko'rsatishlarini va omadni tilayman. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика